Maqolada akademik nutqning o'ziga xos me'yorlari va kommunikativ sifatlari ilmiy-lingvistik nuqtai nazardan tahlil etiladi. Tadqiqotda akademik nutqning asosiy belgilari - aniqlik, mantiqiylik, ob'ektivlik, terminologik to'g'rilik va uslubiy izchillik alohida ko'rib chiqiladi. Shuningdek, akademik muloqotning kommunikativ vazifalari, janr xususiyatlari va og'zaki hamda yozma shakllarining farqli jihatlari o'rganiladi. Mazkur tadqiqot akademik nutq madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur ilmiy maqolada korxonalarda bank kreditlarining buxgalteriya hisobi va auditi tizimi kompleks tarzda o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kredit operatsiyalarini hisobga olish va audit qilishning nazariy-metodologik asoslarini tahlil qilish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.