BUXORO AMIRLIGIDA YER MUNOSABATLARI VA SOLIQ TIZIMI

Ushbu maqolada Buxoro amirligida mavjud bo‘lgan yer munosabatlari va soliq tizimining asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida yer egaligining shakllari, jumladan amlok, mulk va vaqf yerlari, ularning boshqaruv mexanizmlari hamda dehqonlar va davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar yoritib beriladi. Shuningdek, soliqlarning turlari, ularning yig‘ilish tartibi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri tarixiy manbalar asosida ochib beriladi. Maqola Buxoro amirligining agrar tizimi va fiskal siyosatini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.


10.04.2026 Volume Issue View more Download
DAVLAT XARIDALARIDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISH UCHUN ELEKTRON PLATFORMALARNING ROLINI OSHIRISH

Ushbu ilmiy maqolada davlat xaridlari tizimida korrupsion xavflarni kamaytirishda elektron platformalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilovchi hukumat qarori hamda Prezidentning korrupsiyaga qarshi siyosatni kuchaytirishga doir farmon va qarorlari asosida elektron xarid mexanizmlarining huquqiy asoslari yoritiladi. Maqolada elektron do‘kon, auksion, tanlov, tender va maxsus axborot portali kabi raqamli vositalarning ochiqlik, shaffoflik, raqobat, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tahlil natijasida elektron platformalar inson omilini qisqartirish, qaror qabul qilish jarayonini izchil qayd etish, shikoyatlarni elektron ko‘rib chiqish, affillanganlikni aniqlash va ma’lumotlarni ommaga ochiq e’lon qilish orqali korrupsiyaning oldini olishda samarali institutsional mexanizm ekanligi xulosa qilinadi.


10.04.2026 Volume Issue View more Download
OLIY TA’LIMDA TO‘LOV-KONTRAKT NARXLARI SHAKILLANISHI VA UNING TANNARX BILAN BOG‘LIQLIGI

Mazkur tadqiqot ishida oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt narxlarining shakllanish jarayoni hamda uning ta’lim xizmatlari tannarxi bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida oliy ta’lim xizmatining iqtisodiy mohiyati, kontrakt tizimining ahamiyati hamda ta’lim xizmatlari tannarxini shakllantiruvchi asosiy omillar tahlil qilingan. Shuningdek, kontrakt narxlarini belgilash jarayoniga ta’sir etuvchi iqtisodiy omillar va ularning o‘zaro bog‘liqligi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxlarini iqtisodiy jihatdan asosli shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari tannarxini hisoblashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.


10.04.2026 Volume Issue View more Download
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ISLOM DININING INSON KAMOLOTIGA TA'SIRI HAQIDAGI G'OYALARI

Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining islom dini ta’limoti asosida inson kamoloti borasidagi g‘oyalari tadqiq etilgan. Xususan, islomiy sifatlar va axloqiy mezonlarning shaxs ma’naviy yuksalishidagi roli qiyosiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.


10.04.2026 Volume Issue View more Download
SHUKUR XOLMIRZAYEV IJODINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev ijodining bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati badiiy-tahliliy yondashuv asosida yoritiladi. Adibning asarlari go‘yo hayotning o‘zidan o‘yib olingan lavhalardek o‘quvchi qalbiga kirib boradi, inson ruhiyatining eng nozik qatlamlarini ochib beradi. Maqolada yozuvchining hikoya va qissalarida aks etgan insoniylik, vijdon, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, muallif ijodidagi obrazlar — hayot shamollarida toblangan, dard va umid oralig‘ida yashayotgan insonlar timsoli sifatida talqin etiladi. Ularning ichki kechinmalari goh sokin daryo misol, goh to‘lqinlangan dengizdek tasvirlanib, o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Maqolada Shukur Xolmirzayev asarlarining bugungi globallashuv davrida milliy o‘zlikni asrash, ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi. Mazkur tadqiqot yozuvchi ijodining zamonlar osha so‘nmas ma’naviy chiroq ekanini, uning asarlari esa inson qalbining eng yashirin torlarini chertuvchi betakror badiiy olam ekanini ochib beradi.


10.04.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor