Frazeologizmler til biliminde sóz shaqaplarına qatnası jaǵınan bir qansha dárejede izertlengen. Frazeologizmler quramında sanlıqlar qollanıladı hám san mánisinen alıslap basqa mánilerdi ańlatıp keledi. Biz bul maqalamızda qaraqalpaq tilindegi frazeologizmler quramında sanlıqlardıń qollanılıwı boyınsha ilimpazlardıń maqlaları hám ilimiy pikirleri haqqında sóz etemiz.
Ushbu maqola sotsiologik ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish jarayonlarini chuqur o'rganishga bag'ishlangan. Maqola, sotsiologik tadqiqotlarning ahamiyatini ta'kidlab, ma'lumot yig'ishning turli usullari, ma'lumotlarni tozalash va tahlil qilish metodlari hamda tadqiqot natijalarini taqdim etish usullari haqida batafsil ma'lumot beradi. Har bir bosqichning o'ziga xos xususiyatlari va qo'llaniladigan texnikalari, jumladan deskriptiv va inferensial statistika, regressiya tahlili kabi usullar yoritiladi. Maqola, sotsiologik ma'lumotlar yordamida jamiyatdagi muammolar va o'zgarishlarni tushunish va baholash imkoniyatlarini taqdim etadi.
Jahon moliya bozori xalqaro kapital bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi. Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishni jadallashtirish hisoblanadi.
Ushbu maqolada Germaniya va AQSh vakilasi, shifokor va sotsiolog Karen Xornining Freydning psixoanaliziga tarafdor bo’lib sotsiologiya rivojiga qo’shgan xissalari hamda “Zamonamizning nevrotik shaxsi” asarining yaratilishi, mazmun-mohiyati, ahamiyati hamda sotsiologiyada tutgan o’rni haqida ma’lumot beriladi.
Bugungi kun jahon ijtimoiy-siyosiy hayotida raqamli huquqlar faolligi alohida ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Shu sababli, ushbu maqolaning maqsadi virtual olamda inson huquqlarini himoya qilish zaruriyati va xorijiy mamalakatlar tajribasini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi – berilgan mavzu yuzasidan ilmiy adabiyotlarni, shuningdek, xorijiy mamalakatlarda raqamli huquqlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’rganishdir.