Ushbu maqola kompyuter asrida internet tarmoqlarining yoshlar ongiga salbiy ta’sirlari xaqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Bugungi kunda axborot texnologiyalari jadal taraqqiy etishi va ijtimoiy- iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga joriy etilishi sababli barcha uchun kompyuter savodxonligi dolzarb masalalardan biridir.
Ushbu maqola sotsiologik ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish jarayonlarini chuqur o'rganishga bag'ishlangan. Maqola, sotsiologik tadqiqotlarning ahamiyatini ta'kidlab, ma'lumot yig'ishning turli usullari, ma'lumotlarni tozalash va tahlil qilish metodlari hamda tadqiqot natijalarini taqdim etish usullari haqida batafsil ma'lumot beradi. Har bir bosqichning o'ziga xos xususiyatlari va qo'llaniladigan texnikalari, jumladan deskriptiv va inferensial statistika, regressiya tahlili kabi usullar yoritiladi. Maqola, sotsiologik ma'lumotlar yordamida jamiyatdagi muammolar va o'zgarishlarni tushunish va baholash imkoniyatlarini taqdim etadi.
Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining faoliyatida yani boshlang‘ich sing o‘quvchilarining ta’lim, tarbiyasini shakllantirishda va shaxs sifatida rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning o‘rni, pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llagan holda o‘qitish samaradorligini oshirish usullari tahlil qilingan.
Ushbu maqolada yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda tarixiy xotiraning o’rni tadqiq qilingan. Unda milliy g‘urur, uni anglash, ma‘naviyat va uni shakllantirishga qaratilgan ma’naviy boyliklar, ma’rifatparvarlik tushunchalari hamda uning jadidchilik harakatida nomayon bo’lish xususiyatlari, milliy mustaqillik tushunchalari yoritib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida agrar sohaning rivojlanish tarixi mustaqillik yillaridan so‘ng yangi bosqichga kirdi. Surxondaryo viloyati asosan paxta etishtirishga ixtisoslashganligi sababli ham vohada paxta tozalash sanoatining alohida o‘rni bor. Mustaqillik yillarida Surxondaryoda yangi paxta tozalash zavodlari qurilib ishga tushirila boshlandi va engil sanoat sohasida katta o‘zgarishlar bo‘ldi.