Metabolik sindrom – bu semizlik, dislipidemiya, gipertoniya va insulinga rezistentlik kabi metabolik buzilishlarni o‘z ichiga olgan patologik holat bo‘lib, u yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabet xavfini oshiradi. So‘nggi tadqiqotlar metabolik sindrom va endometriya saratoni o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatmoqda. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, metabolik sindromi bo‘lgan ayollarda endometriya saratoni rivojlanish xavfi umumiy populyatsiyaga nisbatan 2–3 barobar yuqori. Ushbu tezisda metabolik sindrom va endometriya saratoni o‘rtasidagi bog‘liqlik, asosiy patogenetik mexanizmlar va oldini olish choralari yoritilgan.
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari yoshiga xos psixologik va pedagogik xususiyatlar xususida fikrlar berilgan. Bolalarga yozishga o‘rgatishda tarbiyachi pedagoglarning vazifalari hamda yozishga o‘rgatishda qoidalarga amal qilish masalalari, savodxonnlikka o‘rgatish talablari mazmuni yoritilgan.
This article discusses the application of information and communication technologies in foreign language teaching and their contribution to the educational process. It analyzes the use of modern electronic educational publications, multimedia textbooks, interactive programs, and electronic testing systems to modernize education. Specifically, the role of information technologies in learning English and the potential of multimedia tools in creating a convenient and effective learning environment for students are highlighted. The article also explores the use of internet resources, methods of collecting, processing, and storing information, and their impact on enhancing the effectiveness of teaching. It examines how pedagogical technologies and information tools can improve educational outcomes.
Mazkur maqolada ko'p tarmoqli tibbiyot markazlarida hamshiralarning bolalar salomatligini saqlashdagi roli va ahamiyati ko'rib chiqilgan. Xususan, hamshiralarning bolalar uchun davolash, psixologik yordam, sog'liqni saqlash ta'limi va profilaktika kabi faoliyatlari yoritilgan. Maqolada, shuningdek, pediatrlar, psixologlar va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda olib boriladigan davolash jarayonlari va ularning bolalar salomatligiga ta'siri ta'kidlangan. Ko'p tarmoqli markazlar orqali bolalar salomatligini yaxshilashda hamshiralarning muhim o'rni va samarali ishlashining ahamiyati ko'rsatilgan.
Pedagoglarning kasbiy kompetentligi asoslaridan biri o‘z tarkibida bilimlar, mahorat va shaxs sifatini belgilovchi unsur hisoblanib, ular doimo pedagogni harakatga keltirib turuvchi o‘z ustida ishlash, bilimlarini oshirib borish, har bir pedagogik vaziyatga ijodiy yondoshish hamda moslashish kabi imkoniyatlaridir. Pedagoglarning kasbiy kompetentligi tuzilishini tahlil qilar ekanmiz, ko‘pchilik tadqiqotchilar kasbiy kompetentlikni ta’limning funksional tuzilishi sifatida, uning tarkibiga o‘qituvchining bilimi va mahorati uzviyligi hamda kasb-kor bo‘yicha malakasi aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshiradigan faoliyati, deb baho beradilar. Ammo bilim va mahorat kabi tushunchalarga nisbatan kompetensiya o‘ta moslashuvchan, bulg‘usi yangilanishlar asosi, yangi dolzarb axborotlarni qayta ishlashi va amaliy faoliyatida qo‘llashi bilan farq qiladi. Shunday bo‘lsa ham, kompetentlikning o‘zagi pedagogning shaxsiy sifatlari, uning yo‘naltirilganligi, maqsadi, umuminsoniylik qadriyatlari, sharoitga moslasha olish qobiliyati, o‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda rang baranglik, turli-tuman o‘zgarishlar kiritishga o‘ta mos va munosiblikni ta’minlashi ekanligi ma’lum bo‘ladi.