Mazkur maqolada XXI asr boshlarida paydo bo‘lgan va rivojlangan axborot texnologiyalari davrida internet foydalanuvchilari uchun xavfli tuzoqqa aylanib borayotgan fishing haqida so‘z yuritiladi. Fishing kelib chiqish tarixi, rivojlanib borish omillari, yetkazayotgan zararlari va fishingga qarshi kurashish usullari haqida fikr mulohazalar bildirilgan.
Ushbu maqolada xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kreditga layoqatliligini baholash usullari tahlil qilinadi. Moliyaviy koeffitsiyentlar asosida kreditga layoqatlilikni aniqlash me’yorlari va ularni hisoblash tartibi ko‘rib chiqiladi, hamda kreditga layoqatliligini tahlil etishning tashkiliy, uslubiy va amaliy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha muhim taklif, tavsiyalarni shakllantirishdan iborat.
Ushbu tadqiqotda psixolog trenerlarning psixologik salohiyatini oshirish va kasbiy ko’nikmalarini shakllantirish davomida psixologik treninglarni tashkillashtirishdagi vazifalari haqida ma’lumotlar beriladi. Psixolog trener o’z navbatida treninglarni amaliy boshqaruvchisi sifatida qaraganimizda, trening mohiyati va maqsadini hisobga olgan holda psixologik tadqiqotlarga asoslangan metodologiyalardan foydalanish tavsiya etiladi. Chunki psixologik bilimlar, psixologik tadqiqotlar asosida tashkillashtirilgan treninglar davomida biz samarali natijalarga erishishimiz mumkin bo’ladi. Psixolog trener kasbiy ko’nikmalarini oshirish davomida psixologik bilimlarini mustahkamlab boorish maqsadga muvofiq. Ushbu tadqiqot psixolog trenerning faoliyati va tajribalari davomida kerakli ma’lumotlarga ega bo’lishlari uchun xizmat qiladi.