International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURIZM ETIKASINING O‘RNI

Mazkur maqolada turizm etikasi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Turizm etikasi — bu sayyohlar, xizmat ko‘rsatuvchilar, mahalliy aholi va ekologik muhit o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar majmui bo‘lib, u o‘zaro hurmat, mas’uliyat, halollik, madaniyatlararo muloqot va adolat prinsiplariga asoslanadi. Maqolada turizmda etik qadriyatlarning sayyohlar va mezbonlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlarga, xizmat sifati va mamlakatning xalqaro imijiga ta’siri alohida ta’kidlangan. Ushbu maqolada muallif tomonidan tarixiy va madaniy meros ob’ektlariga nisbatan ehtiyotkorlik, ekologik barqarorlikka e’tibor, xizmat ko‘rsatishdagi madaniyat va mehmondo‘stlik kabi omillar barqaror turizm asosini tashkil etuvchi mezonlar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, etika va barqaror rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlik, yosh avlodni etik ong asosida tarbiyalash, ta’lim tizimiga etik me’yorlarni kiritish zaruriyati ham tahlil etilgan. Maqola natijasida, turizmda etik yondashuv nafaqat axloqiy, balki ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ham rivojlanishning muhim omili ekanligi xulosa sifatida ilgari suriladi.


28.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
HOZIRGI KUNDA SPORTNING DOLZARBLIGI

Bugungi kunda sportning dolzarbligi jismoniy, ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik sohalarda katta ahamiyatga ega. Sport nafaqat salomatlikni yaxshilash va jismoniy faollikni oshirish vositasi sifatida, balki jamiyatdagi ijtimoiy aloqalarni rivojlantirish, global miqyosda birlashish, iqtisodiy rivojlanish va yoshlarni tarbiyalashda ham muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqola sportning dolzarbligini har tomonlama tahlil qiladi. Uning ahamiyati jismoniy salomatlik, ruhiy farovonlik, ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq jihatlar orqali o‘rganiladi. Sportning yoshlar tarbiyasidagi roli, gender tengligi masalalari, hamda sportda texnologiyalarning ta’siri ham yoritiladi. Maqolada sportning psixologik foydalari, homiylik va reklama orqali iqtisodiy imkoniyatlar va raqamli texnologiyalarning sport sohasidagi o‘rni ham alohida ko‘rib chiqiladi. Sportning global miqyosdagi ahamiyati va diplomatiya sohasidagi roli ham muhokama qilinadi.


28.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
PRINCIPLES AND MECHANISMS OF EXTRADITION IN INTERNATIONAL CRIMINAL LAW

In order to effectively combat various forms of transnational and international crimes, the global community has intensified judicial cooperation and mutual legal assistance at the international level. One of the most significant forms of such cooperation is the extradition of offenders, which is carried out based on bilateral or multilateral agreements or in accordance with regional and international conventions. Linguistically, extradition refers to the act of reclaiming, requesting the return, or sending back an individual. In legal terminology, it encompasses a series of measures undertaken to return a criminal from the country of residence to the country where the crime was committed. As crime rates increase, offenders attempt to evade punishment by fleeing abroad, seeking refuge in another country to escape prosecution for their crimes. The practice of extradition has a long historical precedent, evident across various periods, including ancient, medieval, and modern times. The issue of extradition is governed by specific rules and regulations, encompassing legal principles, procedural mechanisms, and associated challenges.


28.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
AHOLINI JISMONIY TARBIYAGA JALB ETISHGA QARATILGAN FAOLIYAT SAMARADORLIGINI BAHOLASH TIZIMI

Ushbu maqolada aholini jismoniy tarbiyaga jalb etishning samaradorligini baholash tizimi va uning ahamiyati tahlil qilinadi. Aholini jismoniy tarbiyaga jalb qilish, nafaqat jismoniy sog‘likni yaxshilash, balki ruhiy holatni, farovonlikni oshirish va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ham katta hissa qo‘shadi. Maqolada baholash tizimi uchun qo‘llaniladigan metodologik yondashuvlar, ko‘rsatkichlar va zamonaviy usullar taqdim etiladi. Samaradorlikni baholashda ishlatiladigan metodlar, shu jumladan statistik tahlil, so‘rovnomalar va ko‘rsatkichlar tahlili kabi usullar hamda jismoniy tarbiya faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Ushbu maqola aholini jismoniy tarbiyaga jalb qilish bo‘yicha samarali tizimlarni yaratishga va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan ilmiy asoslarni taqdim etadi.


28.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA VATANPARVARLIK TARBIYASINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada milliy qadriyatlar asosida vatanparvarlik tarbiyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan. Milliy qadriyatlarning vatanparvarlik ruhini shakllantirishdagi taʼsiri, tarbiya jarayonidagi usullari va zamonaviy yondashuvlar haqida aniq maʼlumotlar berilgan. Shuningdek, bugungi globallashuv sharoitida milliy g‘oya va qadriyatlarni asrash orqali yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash masalalari tahlil etilgan.


28.04.2025 Volume 4 Issue 4 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor