Ushbu maqolada O`rta Osiyo va Buyuk Britaniya davlati o`rtasidagi diplomatik munosabatlar, ayniqsa ikki davlat o`rtasidagi elchilik aloqalari muhim ahamyati va rivojlanish jarayonlari tahlil qilinadi. Unda Rossiya imperiyasi, Buyuk Britaniya va Eron kabi davlatlarning mintaqadagi geosiyosiy manfaatlari va Buxoro amirligi bilan bo`lgan siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy aloqalar yoritiladi.
Ushbu maqolada morfologik vositalarning tarixiy va arxaik shakllarining she’riy matnlarda qo‘llanilish sabablari o‘rganilgan. Bu shakllarning emotsional-ekspressivlikni ta’minlash, poetik individuallikni hosil qilish, tantanavorlik, matnga o‘zgacha tus berish va tilimizning turli imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun hozirgi zamon she’riyatida ishlatilishi misollar bilan tahlil etilgan.
Mazkur maqolada XVI yuz yillikning ikkinchi yarmida Buxoro xonligi bilan Rossiya o‘rtasida rasmiy tus ola boshlagan elchilik aloqalarining shakllanishi, rivojlanishi va mazmun-mohiyati mahalliy hamda rus manbalari asosida tahlil qilinadi. Xususan, 1558–1559 yillarda Antoniy Jenkinson boshchiligidagi ingliz elchiligining Buxoroga safari, 1563–1564 yillarda Buxoro va Xivadan Moskvaga yuborilgan elchilarning qabul qilinishi, 1583-yilda Buxorodan Moskvaga yuborilgan elchilik missiyasi hamda boshqa diplomatik aloqalar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Maqolada Hofiz Tanish al-Buxoriy tomonidan yozilgan “Abdullanoma” (“Sharafnomayi shohiy”) kabi mahalliy tarixiy manbalar va S.V. Jukovskiy, St. Russov, N. Veselovskiy kabi rus mualliflarining tadqiqotlari asosida o‘sha davrdagi elchilik missiyalari, savdo aloqalari, siyosiy manfaatlar va ularning O‘rta Osiyo-Rossiya munosabatlari tarixidagi o‘rni o‘rganiladi. Ayniqsa, Jenkinsonning safar xotiralari va u tomonidan berilgan ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflar tanqidiy tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada bu davrda O‘rta Osiyo xonliklarining xalqaro savdo tizimida tutgan o‘rni va Rossiyaning mintaqaga bo‘lgan qiziqishi doirasidagi siyosiy harakatlari ham yoritiladi.
Mazkur maqolada XVI-XIX asrlarda Buxoro va Afg‘oniston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarning shakllanishi, rivojlanishi va o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Elchilik missiyalari, savdo aloqalari, chegara mojarolari, diniy va madaniy yaqinlik asosidagi aloqalar tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, “Buyuk o‘yin” davrida yirik imperiyalar bosimi ostida bu munosabatlarning murakkablashgani ham ko‘rsatilgan. Mahalliy amaldorlar va diniy ulamolar vositasidagi noformal diplomatiyaning roli alohida e’tirof etilgan.
Davlatlar o’rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalar rivojlanib borgani sari xalqlar o’rtasidagi aloqalar ham mustahkamlanib boradi. Qadimda mavjud bo’lgan Buyuk ipak yo’li ham shunday aloqalar natijasida vujudga kelgan. Ushbu maqolada, O’rta Osiyo va qadimgi Xitoy aloqalari rivojlanishi, sharq va g’arbni bog’lab turuvchi Buyuk Ipak yo’li vujudga kelish tarixi haqidagi ma’lumotlarga egabo’lasiz. Shuningdek, O’rta osiyo va Xitoy munosabatlari doimo tinchlik yo’li bilan olib borilmagan, ular o’rtasidagi harbiy to’qnashuvlar ham sodir bo’lgan. Shunga qaramasdan, ular o’rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalar to’xtovsix davom etgan.