Agar kishi biror bir og‘ir ishni bajarayotgan bo‘lsa, u birmuncha vaqtdan so‘ng bu ishni bajarish tobora qiynlashib borayotganini sezadi. Chetdan qaraganda bu kishining holati ancha o‘zgarganligini ko‘rish mumkin. Bu o‘zgarishni mimika muskullari kuchlanishida, ter paydo bo‘lishida kurish mumkin.ayni vaqtda uning organizmida bimruncha jiddiy fiziologik o‘zgarishlar ham ro‘y beradi. Qiyinchiliklar ko‘payib borishiga karamsdan, kishi iroda kuchi hisobiga dastlabki ish shiddati birmuncha vaqt saqlab turishi mumkin.
Ushbu maqola 15–17 yoshdagi badmintonchilarning tezkorlik va kuch sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda maxsus mashg‘ulotlar tizimi tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida taqqoslash metodikasi asosida sinovdan o‘tkazildi. Tajriba guruhida 8 hafta davomida tezkorlik va mushak kuchi ko‘rsatkichlarini oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar olib borildi. Natijada sportchilarning harakat faoliyati, reaksiya tezligi va jismoniy holati sezilarli darajada yaxshilandi (p<0,001). Taklif etilgan metodika o‘smir badmintonchilarning tayyorgarligini yangi darajaga ko‘tarishda samaradorligini isbotladi va matematik-statistik tahlil orqali baholandi.
Grammar is more than just a set of rules-it's what holds a language together. For teachers, the challenge lies in making grammar instruction meaningful, engaging, and relevant to learners’ real-world communication. This guide provides a step-by-step approach to teaching grammar effectively, offering practical techniques suitable for classrooms, private lessons, or teacher training contexts.
Mazkur maqolada dinning jamiyatdagi ijtimoiy funksiyalari, axloqiy-me’yoriy qadriyatlarni shakllantirishdagi roli va insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tarixiy va zamonaviy kontekstda dinning jamiyatdagi o‘rniga baho beriladi, ayniqsa, Islom dini doirasida ijtimoiy barqarorlik, axloqiy poklik va ijtimoiy mas’uliyat masalalariga e’tibor qaratiladi. Din faqat ibodat emas, balki inson va jamiyat o‘rtasidagi ko‘prik vazifasini bajaruvchi omil sifatida yoritiladi.
Mazkur maqola tilning matnda ikki ma'noliligi hodisasini lingvistik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bagʻishlangan. Ushbu holat nutq jarayonida, matnda noaniqlik va koʻpma'nlolikni yuzaga keltiruvchi turli omillar bilan bogʻliq boʻlib, u tilshunoslik, til tizimi, mantiq, falsafa va adabiyot kabi sohalarda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu hodisaning nazariy asoslari, uning yozma va ogʻzaki nutq jarayonlariga ta'siri oʻrganiladi.