Ushbu maqolada 15–16 yoshli voleybolchilar uchun texnik va taktik harakatlarni rivojlantirishning usullari, mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan samarali metodlar, yosh xususiyatlariga mos yondashuvlar yoritilgan. Voleybolchilarni tayyorlashda individual yondashuv va o‘yin faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar keltirilgan.
Ushbu maqolada sutni qayta ishlash jarayonlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zamonaviy texnologik yechimlar ko‘rib chiqiladi. Gigiyena talablariga rioya qilish, mikrobiologik xavflarni kamaytirish, ilg‘or avtomatlashtirilgan tizimlar, hamda HACCP tizimining joriy etilishi orqali xavfsizlikni oshirish usullari tahlil qilinUshbu maqolada sutni qayta ishlash jarayonlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zamonaviy texnologik yechimlar ko‘rib chiqiladi. Gigiyena talablariga rioya qilish, mikrobiologik xavflarni kamaytirish, ilg‘or avtomatlashtirilgan tizimlar, hamda HACCP tizimining joriy etilishi orqali xavfsizlikni oshirish usullari tahlil qilinadi.adi.
Yuz-jagʻ flegmonasi — odontogen infektsiyalar, travmatik shikastlanishlar yoki immunitet zaiflashishi natijasida rivojlanadigan ogʻir yiringli yalligʻlanish jarayoni bo‘lib, to‘qimalarning chuqur qatlamlariga tarqalishi va bemorning umumiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Flegmonaning muvaffaqiyatli davolanishi mikrobiologik tahlil natijalariga asoslangan antibiotik terapiyani toʻgʻri tanlashga bogʻliq. Ushbu maqolada yuz-jagʻ flegmonasining mikrobiologik xususiyatlari, bakterial flora tarkibi, antibiotik sezuvchanlik testlari va empirik hamda maqsadli antibiotik terapiyaning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot yuz-jagʻ flegmonasi bilan kasallangan bemorlarda eng ko‘p uchraydigan bakteriyalarni aniqlash, sezuvchanlik testlarini amalga oshirish va antibiotik tanlashning optimal usullarini belgilashni maqsad qiladi. Ushbu ilmiy ish bakteriologik ekin va molekulyar-genetik diagnostika metodlari asosida olib borilib, davolashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan antibiotiklar samaradorligi baholanadi. Maqolada empirik va maqsadli antibiotik terapiya yondashuvlari keltirilib, beta-laktam antibiotiklari (masalan, **Sefazolin**), klindamitsin va metronidazol kabi preparatlarning flegmonada qo‘llanilish samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari antibiotik terapiya strategiyalarini optimallashtirishga, kasallikning asoratlarini kamaytirishga va bemorlarning tezroq sogʻayishini ta’minlashga yordam beradi.
Зараутсой қоятош суратлари атрофидаги сойлардан янги тош расмлар топилди. Бу тош суратлар бронза ва темир даври билан характерланади. Бу эса Зараутсой қоятош суратларни қадимий эканлигидан далолат беради. Зараутсой қоятош суратлари Марказий Осиёнинг ибтидоий давр санъати тарихини ўрганишда муҳим манба бўлиб хизмат қилади.
Ushbu maqolada, Ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar sportni rivojlantirishga yangi yondashuvlarni taklif etadi.Sportchi talabalarning sport mahoratini oshirish nafaqat ularning jismoniy tayyorgarligini, balki psixologik va ijtimoiy holatini yaxshilashni ham o'z ichiga oladi. Ushbu jarayonda ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar o'rtasidagi integratsiya sportchilarning o'sishini ta'minlashda katta rol o'ynaydi.Bu ilmiy tadqiqotda, sportchilarning mahoratini oshirishda ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlarning ahamiyati va bu fanlar asosidagi ilmiy tadqiqotlarning natijalari muhokama qilinadi.