This article analyzes the types of speech styles, their main characteristics, and scope of application. Speech styles are animportant part of literary language, serving to express various socio-political, scientific, spiritual, and everyday needs ofsociety. Each style has its own lexical, grammatical, and stylistic features that help convey the content of speech clearly,fluently, and effectively. The article highlights the specific aspects of scientific, formal, journalistic, artistic, andconversational styles.
Mazkur maqolada hozirgi davrda insoniyat oldida turgan eng dolzarb ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Unda global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar — atmosfera ifloslanishi, issiqxona effekti, ozon qatlamining yemirilishi, kislotali yomg‘irlar va suv tanqisligi kabi masalalar ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha samarali yechimlar taklif etilgan.
Ushbu maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida akademik erkinlik tushunchasi, uning mazmuni va huquqiy asoslari keng yoritilgan. Akademik erkinlik — ta’lim muassasalari, o‘qituvchilar va talabalar faoliyatida ilmiy izlanish, ta’lim mazmuni va metodlarini erkin tanlash imkoniyatini beruvchi demokratik tamoyil sifatida tahlil qilinadi.
Globallashuv jarayonida sport nafaqat ijtimoiy-madaniy hodisa, balki tilshunoslik nuqtayi nazaridan ham alohida tadqiq etilayotgan sohalardan biridir. Sport terminlari milliy tillarning lug‘at boyligini boyitishda, yangi so‘z yasash jarayonlarida va xalqaro muloqotda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek va ingliz tillarida sportga oid terminlarning shakllanishida umumiylik va farqlanish mavjud bo‘lib, ular affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya, semantik kengayish va qabul qilingan so‘zlar orqali yasaladi. Mazkur tadqiqot ushbu ikki til paralleligida sport terminlarining yasalishini o‘rganish va ularning lingvistik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.