Бухоро амирлигининг иқтисодий, сиёсий ва маданий ҳаётини акс эттирадиган ЎзР МДАнинг “Бухоро амирлиги Қўшбеги маҳкамаси” (Управление кушбеги эмира Бухарского) деб номланган И-126 фонди ҳам ўзига хос тарихга эга. Ёзма маълумотларга кўра, тарихчилар орасида Қўшбеги архиви деб ном олган ҳужжатлар тўплами ўтган асрнинг 30-йилларида Бухоро Аркидан топилган бўлиб, унинг Марказий Давлат Тарих архивига топширилиши, яъни марказ Тошкентга олиб келиниши ўша даврдаги мураккаб иқтисодий-сиёсий вазиятда амалга оширилган.
Mazkur maqolada islom dinida tabiat va atrof-muhitga bo‘lgan munosabatning Qur’oni karim asosidagi tahlili yoritiladi. Qur’oni karim oyatlari asosida insonning tabiat oldidagi mas’uliyati, ekologik muvozanatni saqlash borasidagi ilohiy ko‘rsatmalar, isrofgarchilik va ifloslantirishdan tiyilish kabi tamoyillar ilmiy asosda yoritiladi.
Ushbu maqolada qandli diabet to`g`risida to`liq yoritib beriladi. Qandli diabet turlari, klinik kechishi, oldini olish va davolash usullari to`g`risida ma`lumot beriladi. Qandli diabet kasalligi bilan kasallangan bemorlar nimalarga e`tibor berishlari haqida aytib o`tilgan.
Altermagnetizm — bu zamonaviy fizikaning yangi va istiqbolli yo‘nalishi bo‘lib, u an’anaviy ferromagnetizm va antiferromagnetizmga muqobil sifatida paydo bo‘lmoqda. Ushbu maqolada altermagnit materiallarning fizik asoslari, ularning spintronika va kvant texnologiyalardagi qo‘llanilishi hamda kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishlari yoritilgan. Tadqiqotlar ushbu materiallar yordamida energiya tejamkor va tezkor elektron qurilmalar yaratish imkonini berishini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, maqolada yetakchi olimlarning izlanishlari va nazariy modellar tahlil qilinadi.
Ushbu maqolada tijorat banklarining konsalting xizmatlari bo‘yicha olib borayotgan faoliyati chuqur tahlil qilinib, bu xizmatlarning bank tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Konsalting xizmatlari nafaqat bank mijozlari uchun qo‘shimcha axborot va maslahat manbai, balki banklarning raqobatbardoshligini oshirish, mijozlarga chuqur individual yondashuvni joriy etish hamda yangi daromad manbalarini shakllantirish vositasi sifatida baholangan. Maqolada banklar tomonidan ko‘rsatilayotgan konsalting xizmatlarining hozirgi holati, rivojlanish darajasi, mavjud infratuzilma, xizmatlar sifati, kadrlar salohiyati va mijozlar ehtiyojlariga javob bera olish darajasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tijorat banklarida konsalting xizmatlari asosan yirik korporativ mijozlarga qaratilgan bo‘lib, kichik va o‘rta biznes subyektlari hamda jismoniy shaxslar bilan ishlash yo‘nalishi sust rivojlangan. Shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida masofaviy maslahatlar berish tizimlari yetarlicha rivojlanmagan bo‘lib, bu xizmatlarning keng joriy etilishi uchun kadrlar malakasi va texnologik platformalarning rivojlanishi dolzarb masala hisoblanadi.