Ushbu maqolada O’zbekistob Respublikasi qonunchiligidagi mualliflik huquqiga oid normalar, mualliflik huquqi tushunchasining ta’rifi, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida mualliflik huquqining qay darajada himoya etilganligi, mualliflik huquqi to’g’risidagi qonunchilikning internet muhitidagi raqamli kontent, bloglar, ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar va boshqa onlayn asarlarni qanchalik qamrab olganligi tahlil qilingan. Shuningdek, mualliflik huquqi buzilishining huquqiy oqibatlari, unga qo’llaniladigan jazolar haqida ham ma’lumot berilgan.
Maqolada pensiya ta’minoti tizimining moliyaviy barqarorligini kuchaytirish masalasi manbalarni diversifikatsiya qilish va fiskal xatarlarni boshqarish mexanizmlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Pensiya tizimining barqarorligi faqat badallarni oshirish yoki xarajatlarni qisqartirish bilan cheklanmasligi, balki daromad manbalarini ko‘paytirish, ularning siklik tebranishlarga sezgirligini kamaytirish, majburiyatlarni prognozlash va budjet xatarlarini oldindan boshqarish orqali ta’minlanishi asoslanadi.
Mazkur maqolada meva va sabzavotlardan tayyorlangan quyuqlashtirilgan mahsulotlarning Tovarlarni identifikatsiyalash va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) bo‘yicha tasniflanishi pozitsiya va subpozitsiyalar kesimida tahlil qilingan. Tadqiqot HS 2022 talqiniga asoslanib, 20-guruh doirasidagi 2002, 2007 va 2009-pozitsiyalar hamda ularning subpozitsiyalari misolida olib borilgan. Jadval va sxemalar yordamida quyuqlashtirilgan mahsulotlarni tasniflashda uchraydigan asosiy muammolar aniqlanib, mahsulotning fizik holati va funksional qo‘llanilishi hal qiluvchi mezon ekanligi asoslab berilgan.
Ushbu maqolada madaniyat va shaxs tushunchalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Shaxsning shakllanishida madaniyatning o‘rni, xususan oila, ta’lim, diniy va milliy qadriyatlar, ommaviy axborot vositalarining ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, madaniyatning shaxsni shakllantirishdagi roli bilan bir qatorda, shaxsning madaniyatni boyitishdagi ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada tarixiy va zamonaviy misollar orqali shaxs va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik asoslanadi.
Ushbu ishda yadro reaksiyalari kinetikasiga kvant vaqt o‘lchovlarining (o‘lchashning kuchi/tebratish chastotasi, detektorlar dead-time va gating parametrlari) ta’siri operatsion (POVM) va dinamik (Zeno/anti-Zeno) nuqtai nazardan o‘rganiladi. Teoretik jihatdan compound nucleus (Hauser–Feshbach), R-matritsa va Feshbach proyeksiya operator rasmida reaksiya tezliklari bilan survival ehtimoli o‘rtasidagi bog‘lanish chiqarilib, qisqa vaqt rejimida nostandart (no-ekspotsial) parchalanish va takroriy kuzatuv tufayli Zeno yoki anti-Zeno effektlarining paydo bo‘lish shartlari aniqlanadi. Eksperimental dizayn sifatida impulsli neytron nuri, tez taymlash (LaBr3:Ce) detektorlari va raqamli akvizitsiya asosida o‘lchash kuchini gating va trigging bilan boshqarish taklif etiladi. Natijalar reaksiya tezligining o‘lchov intervali bilan chiziqli-bo‘lmagan bog‘lanishini, shuningdek, detektor-induktsiyalangan bo‘rttirish/so‘ndirish mexanizmlarini ko‘rsatadi (2-rasm, 3-rasm). Ish yadro kinetikasida vaqt o‘lchovi parametrlari muhim boshqaruv tutqichi bo‘lishi mumkinligini namoyon etadi.