International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



INNOVATSION KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHDA AMALIY MASHG’ULOTLAR VA PEDAGOGIK AMALIYOTNING O’RNI

Mazkur maqolada bo’lajak xorijiy til o’qituvchilarida innovatsion kompetentlikni rivojlantirishda amaliy mashg’ulotlar va pedagogik amaliyotning o’rni tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida innovatsion kompetentlikni shakllantirilishiga ta’sir etuvchi omillar, xususan, lesson study, interfaol mashg’ulotlar hamda pedagogik amaliyot jarayonida qo’llaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining samaradorligi yoritib beriladi. Shuningdek, bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy faoliyatida innovatsion yondashuvlarni shakllantirish, mustaqil qaror qabul qilish va kreativ fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishda amaliy mashg’ulotlarning ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.


27.01.2026 Volume 5 Issue 1 View more Download
A COMPARATIVE STUDY OF THE SEMANTICS OF MODAL VERBS IN ENGLISH AND UZBEK

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi modal fe’llarning semantikasini solishtirma tahlil qilish taqdim etilgan. Modal fe’llar har ikkala tilda ham zarurat, mumkinlik, qobiliyat, ruxsat va majburiyatni ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Funktsional o‘xshashliklarga qaramay, ingliz va o‘zbek modal fe’llari qo‘llanishi, grammatik tuzilishi va pragmatik nuanslari bo‘yicha sezilarli farqlarga ega. Tadqiqot ushbu o‘xshashliklar va farqlarni ikkala tilning haqiqiy lingvistik misollarini tahlil qilish orqali o‘rganib, madaniy va lingvistik kontekstlarning ma’noga qanday ta’sir qilishini yoritadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilidagi modal fe’llar ko‘pincha yordamchi konstruksiyalarga tayanadi, o‘zbek tilida esa modal ma’noni ifodalash uchun fe’l shakllari va zarflar kombinatsiyasi qo‘llaniladi. Ushbu tadqiqot tilshunoslar, tarjimonlar va til o‘rganayotganlar uchun til semantikasini chuqurroq tushunishga hamda solishtirma grammatika tadqiqotlariga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.


27.01.2026 Volume 5 Issue 1 View more Download
JAMOAT TARTIBINI SAQLASH SOHASINI PROGNOZLASHTIRISHNING ILMIY-AMALIY MODELINI ISHLAB CHIQISH

Mazkur tadqiqotda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash sohasini bashorat qilishning (predictive policing) innovatsion ilmiy-amaliy modeli ishlab chiqilgan. Modelning asosini kriminogen vaziyatni uzluksiz monitoring qiluvchi raqamli maʼlumotlar bazalari (Big Data), sunʼiy intellekt algoritmlari va mahalliy boshqaruv tuzilmalarining oʻzaro integratsiyasi tashkil etadi. Ushbu modelni amaliyotga joriy etish orqali huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini reaktiv usuldan proaktiv (ehtimoliy xavfni oldindan aniqlash va bartaraf etish) bosqichga olib chiqishning strategik yechimlari asoslab berilgan.


25.01.2026 Volume 5 Issue 1 View more Download
USHLAB TURILGAN VA QAMOQQA OLINGAN SHAXSLARNI TERGOV HIBSXONASIDA SAQLASHNING EVOLYUTSIYASI TAHLILI

Mazkur maqolada ushlab turilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarni tergov hibsxonalarida saqlash tizimining shakllanishi va rivojlanishining tarixiy bosqichlari tadqiq etilgan. Jamiyatda jamoat xavfsizligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olish nuqtayi nazaridan qamoqqa olish institutining evolyutsiyasi, turli tarixiy davrlardagi qonunchilik asoslari va penitensiar tizimdagi islohotlar qiyosiy tahlil qilingan.


25.01.2026 Volume 5 Issue 1 View more Download
YANGI O‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARINING TRANSFORMATSIYASI

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning transformatsiya jarayoni zamonaviy tarixiy yondashuv asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqillikdan keyingi davrda, ayniqsa 2016-yildan boshlab amalga oshirilgan keng ko‘lamli siyosiy, huquqiy va ijtimoiy islohotlarning davlat boshqaruvi tizimiga hamda jamiyat hayotiga ta’siri ochib beriladi. Maqolada “davlat — jamiyat uchun” va “inson manfaatlari ustuvor” tamoyillarining shakllanishi, davlat hokimiyati organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash mexanizmlarining joriy etilishi, fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, jamoatchilik nazorati, ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat va jamiyat o‘rtasidagi vositachi sifatidagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini, mazkur transformatsiya demokratik jamiyat qurish, huquqiy davlatni mustahkamlash va barqaror taraqqiyotga erishishda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.


25.01.2026 Volume 5 Issue 1 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor