В данной статье рассматриваются произведения в жанре ноктюрн, созданные известным профессиональным композитором каракалпакского народа Гаипом Демесиновым. В статье в основном анализируются его Ноктюрны No1, 2, 3 и ноктюрны, написанные для ансамбля альтистов и фортепиано.
Mazkur maqolada neft bitumining kimyoviy tarkibi, molekulyar tuzilishi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va ularning sanoatdagi ahamiyati yoritilgan. Asfaltenlar, smolalar, aromatik uglevodorodlar, parafin va boshqa komponentlarning bitum tarkibidagi roli ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Bitumning qovushqoqlik, yumshoqlik, penetratsiya ko‘rsatkichlari hamda qarish jarayonlari keng yoritilgan. Bundan tashqari, bitumning yo‘l qurilishi, gidroizolyatsiya, qurilish materiallari ishlab chiqarish va modifikatsiyalangan bitum turlari orqali qo‘llanilish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Ushbu tadqiqot O'zbekiston tijorat bankalarining kapital ko'rsatkichlari va moliyaviy barqarorlik indikatorlari orasidagi bog'liqlikni tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda Basel III talablariga muvofiq kapital yetarligi koeffitsienti, asosiy kapital nisbati va moliyaviy barqarorlik ko'rsatkichlari o'rtasidagi korrelyatsiya tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, kapital ko'rsatkichlarining yaxshilanishi moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot moliyaviy tizim barqarorligini ta'minlash uchun optimal kapital siyosatini ishlab chiqishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ushbu ilmiy maqolada monetar siyosat vositalarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri O‘zbekiston va Qozog‘iston misolida qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda so‘ngi yillarda ikki mamlakat markaziy banklari tomonidan qo‘llanilgan asosiy instrumentlar — asosiy stavka, ochiq bozor operatsiyalari, majburiy zaxiralar me’yorlari hamda valyuta bozoridagi amaliyotlar tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, qisqa muddatda monetar siyosat inflyatsiyani jilovlash va kutilmalarni shakllantirish orqali barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilsa, o‘rta va uzoq muddatda foiz kanali, valyuta kursi kanali hamda kreditlash dinamikasi orqali iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatadi. Qozog‘istonda suzuvchi almashinuv kursi va inflyatsion targetlash rejimi siyosatning samaradorligini oshirgan bo‘lsa-da, Milliy jamg‘arma mablag‘lari orqali amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari monetar uzatish mexanizmlarini zaiflashtirishi mumkin. O‘zbekistonda esa dedollarizatsiya jarayoni va UZONIA indeksining joriy etilishi foiz kanalining kuchayishiga yordam bermoqda, biroq bozor infratuzilmasining hali yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli siyosat ta’siri kechikib namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot yakunida monetar siyosat vositalarini iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha har ikki mamlakat uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu tadqiqot da'voni ta'minlash to'g'risidagi ijro hujjatlarining huquqiy mohiyati va ularning ijro etilishining o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi. Maqolada O'zbekiston Respublikasidagi majburiy ijro tizimining rivojlanish bosqichlari, ijro hujjatlarining turlari va ularning ijro etilishi jarayonidagi asosiy muammolar o'rganilgan. Qiyosiy tahlil orqali xalqaro amaliyot bilan solishtirma o'rganish amalga oshirildi. Tadqiqot natijalarida ijro jarayonining samaradorligini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.