Ushbu maqola STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) taʼlim yondashuvining maktabgacha taʼlim muassasalaridagi qoʻllanishi va samaradorligini oʻrganadi. Tadqiqot adabiyotlar tahlili asosida STEAM texnologiyasining bolalarning kognitiv rivojlanishi, ijodiy qobiliyatlari va muammolarni yechish koʻnikmalariga taʼsirini baholaydi. Maqola zamonaviy maktabgacha taʼlim tizimida STEAM yondashuvining ahamiyati va uning amaliy tatbiqi masalalarini koʻrib chiqadi.
Vohada o‘ziga xos lokal xususiyatli o‘zgarish jarayoni yangi texnologiyalarining kirib kelishi asosida turar joylarda ham o‘zgarishlar yuz bergan. Uylarning qurilishi bilan bog‘liq urf-odat va an’analarda ham marosimlar mavjud bo‘lib, unda mol so‘yib qon chiqarishgan. Aholining 90% i o‘timishi va bugungi kunga kelib mehmonxonalar qo‘ra boshladilar. Bu kabi an’ananing kengroq tarqalishi mahalliy aholi o‘rtasida o‘ziga xos yangi o‘zgarishlarga olib kelmoqda.
O‘zbek xalqining hayotini tadqiq qilgan, bir qator o‘zbek olimlari ilmiy ishlarini olib borgan. Bu olimlarimiz tomonida o‘zbek xalqining urf-odatlar, an’analar hamda turmush-tarzidagi marosimlariga doir bir qator asarlar Akademik K Shoniyozov, I. Jabborov, O. Bo‘riev, T. Xo‘jamberdieva Z. Orifxonova, Q. Nasriddinov, A. Ashirov, F. Rahmonov, S. Davlatova, G. Tosheva kabi bir qator o‘zbek olimlarning ishlarida etnik o‘zlikning anglashga doir ma’lumotlar o‘z aksini topgan.
Sosoialistik davlat doirasida jamiyatining ijtimoiy tuzilish borasidagi o‘zgarishi ustivor maqsadini siyosiy rahbariyat jamiyatni ijtimoiy jihatidan bir xillashuvidan iborat deb biladi. Ijtimoiy tavofutlarga barham berilishi kishilar ijtimoiy tengligiga erishining zarur sharti deb qaraladi. Ijtimoiy bo‘linishning butun xilma-xilligi eng oddiy negizidan: ikkita “sotsialistik” ishchilar va kolxozchi dehqonlar sinflari, shuningdek ijtimoiy qatlam bo‘lgan “sotsialistik” ziyolilarga ajragan holda qat’iy qilib qo‘yildi.
Mazkur ilmiy maqolada tijorat banklari kreditlarining aholi bandligiga va mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Kreditlash jarayonida ishlab chiqarish korxonalarini moliyalashtirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda uy xo‘jaliklari uchun yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarning mehnat bozoriga va yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Shuningdek, bank kreditlarining investitsiya faolligini oshirishdagi, yangi ish o‘rinlari yaratishdagi va soliq tushumlarini ko‘paytirishdagi multiplikativ effekti nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Xalqaro tajribalar bilan bir qatorda O‘zbekiston tajribasi ham tahlil etilib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kreditlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha xulosalar keltirilgan.