Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida yosh o‘quvchilarning kognitiv tafakkurini rivojlantirishda neyrotexnologiyalardan foydalanishning pedagogik-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim jarayonida neyrotexnologiyalar asosida o‘quvchilarning mantiqiy, analitik va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan samarali metodik yondashuvlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, tahlil, tajriba-sinov va taqqoslash metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, neyrotexnologiyalarga asoslangan o‘qitish jarayoni o‘quvchilarning diqqat, xotira va muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ta’lim jarayoniga neyrotexnologiyalarni joriy etish o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu maqolaning maqsadi sil kasalligining kelib chiqsh sabablari, klinik belgilari, hamroh kasaliklar bilan kechishi, tashxis qo‘yishni tahlil qilish, shuningdek, kasallikning oldini olishda profilaktik choralar ahamiyatini yoritishdan iborat. Silning tarixi, R. Kox tomonidan kashf etilishi, tuberkulin diagnostikasi va Kelment-Geren (BSJ) vaksinasi tarixi tahlil qilingan. Shuningdek, OIV bilan koinfeksiyaga e’tibor qaratilib, OIV va silning o‘zaro ta’siri, zamonaviy diagnostika va antiretroviral vositalar yordamida koinfeksiyani nazorat qilish usullari haqidagi tadqiqiotlar koʻrib chiqilgan. Shuningdek, epidemiologik ma’lumotlar global va mintaqaviy ko‘rsatkichlar bilan taqdim etilgan, masalan, JSST va milliy agentliklar statistikasi, shuningdek, sil bilan bog‘liq o‘lim darajalari va yuqori endemik hududlar tahlil qilingan. Hamda zamonaviy diagnostik metodlar (bakterioskopik, teri sinamalari, molekulyar usullar, IGRA (Interferon-Gamma Release Assay), rentgenofluorografiya) va profilaktik strategiyalar (vaksinatsiya, ommaviy tekshiruvlar, kimyoviy profilaktika, sog‘lom turmush tarzi) keltirilgan.
Bul ilimiy maqalada jahan estradasınıń payda bolıwı, tariyxıy qáliplesiwi hám rawajlanıw basqıshları keń túrde taldanadı. Estrada muzıkası XX ásirde payda bolıp, radio, televideniye hám keyinirek internet arqalı dúnyanıń eń keń taralǵan muzıka baǵıtlarınıń birine aylandı. Maqalada estrada janrınıń tiykarǵı belgileri, Batıs hám Sharq mádeniyatlarınıń ózara áseri, globallasıw hám sanlı texnologiyalardıń muzıka industriyasına kórsetken tásiri ilimiy derekler negizinde bayan etiledi. Sonıń menen birge dúnyajúzilik estrada wákilleriniń dóretiwshilik úlesi analiz qilinadı.
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning bugungi jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Unda raqamli texnologiyalarning transport, sanoat, soliq va moliya sohalarida qo‘llanilishi haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, Klaus Schwabning To‘rtinchi sanoat inqilobi haqidagi fikrlari asosida raqamli rivojlanish jarayonlari tahlil qilingan. Maqolada raqamli texnologiyalarning ijobiy va salbiy jihatlari, jumladan kiberxavfsizlik muammolari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijasida raqamli texnologiyalardan oqilona va samarali foydalanish zarurligi haqida xulosa chiqarilgan.
Ushbu maqolada insult o‘tkazgan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi, xususan parodont to‘qimalarida yuzaga keladigan patologik va funksional o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda insultdan keyingi davrda bemorlarning umumiy somatik holati, markaziy nerv tizimi faoliyatidagi buzilishlar hamda gigiyena ko‘nikmalarining susayishi parodont kasalliklarining rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilgan. Shuningdek, parodont to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlarining kuchayishi, qon aylanishining buzilishi, immun tizim faoliyatining pasayishi hamda og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan klinik belgilar va asoratlar tahlil qilingan. Maqolada insultdan keyingi davrda stomatologik profilaktika, parodont kasalliklarini erta aniqlash hamda kompleks davolash usullarining ahamiyati ilmiy asosda yoritib berilgan.