Ushbu maqola bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning o'rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda davlat aralashuvisiz barqaror rivojlanishga erishish qiyinligi ta'kidlanadi. Maqolada davlatning makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, raqobatni qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy adolatni mustahkamlash va infratuzilmani rivojlantirishdagi asosiy funksiyalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, davlat aralashuvining optimal darajasini aniqlash va bozor mexanizmlari bilan uyg'unlashtirish zarurati muhokama qilinadi. Tadqiqot davlat siyosatining samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar beradi.
Mazkur maqolada aqlli (smart) texnologiyalarning kiyim sanoatiga joriy etilishi, ularning funksional imkoniyatlari, biometrik monitoringdagi ahamiyati hamda zamonaviy dizayn va xavfsizlik tizimlari bilan integratsiyasi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, aqlli kiyimlarning sport, tibbiyot va kundalik hayotdagi qo‘llanilish istiqbollari yoritilgan.
Mazkur maqolada o‘zbek jadid adabiyotining yirik namoyandasi, dramaturg, shoir va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodida shakllangan ma’rifatparvarlik g‘oyalari keng qamrovli ilmiy-nazariy tahlil asosida yoritilib, uning asarlarida jamiyatni jaholatdan chiqarish, ilm-fan va ta’limni rivojlantirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash, ayollar erkinligini qo‘llab-quvvatlash hamda diniy mutaassiblikka qarshi kurashish singari masalalar qanday badiiy-estetik va ijtimoiy-falsafiy vositalar orqali ifodalangani izchil tahlil qilinadi, shuningdek, ushbu g‘oyalarning zamonaviy ta’lim tizimi, bioijtimoiy rivojlanish konsepsiyalari va shaxs kamoloti nazariyalari bilan uyg‘unligi asoslab beriladi.
Ushbu maqolada urf-odatlar va marosimlarning to'ylar, sunnat to'ylari, motam, Navro'z va boshqalarni O'zbekistondagi ijtimoiy hayot va mahalla tizimidagi falsafiy roli qonuniylik, madaniy xotira, birdamlik va hayot bosqichlari nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning ilmiy asosi me'yoriy-huquqiy hujjatlar hisoblangan 2019 yildagi To'ylar va marosimlarni tartibga solish to'g'risidagi qo'shma qaror va nizom, Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risidagi qonunlarini tahlili, xalqaro madaniy siyosat manbalari bo’lgan 2003 yildagi Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish to'g'risidagi konvensiya va UNESCOning "Ijtimoiy amaliyotlar, tasvirlar va bayramlar" sohasi, raqamli muhit ko'rsatkichlariga kiruvchi internet qamrovi va ijtimoiy tarmoq identifikatorlari va mahalliy ilmiy adabiyotlar va ikkilamchi ilmiy kuzatishlardan olingan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, marosimlar bir vaqtning o'zida: jamiyatning norasmiy qonuniy tartibini yaratadi va qonuniylashtiradi, jamoaviy xotirani mahalla makoniga "joylashtiradi" va uni avloddan-avlodga uzatadi, hayot holatidagi o'zgarishlarni rasmiylashtiruvchi "o'tish marosimlari" sifatida ijtimoiy birlashuvni kuchaytiradi, raqamli muhitda marosimlar obro'-e'tibor ko'rinishida namoyish etilishi va estetik standartlashtirish bosimi ostida o'zgartiriladi. Xulosa qilib aytganda, mahalla, ta'lim va madaniy siyosat ixchamlik, vositachilik, xotira-ta'lim integratsiyasi, raqamli uzatish bo'yicha amaliy tavsiyalar beradi.
Mazkur ilmiy maqola bugungi shiddatli globallashuv va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar davrida jamiyat poydevorini yemiruvchi eng og‘ir illat — korrupsiyaga qarshi kurashishning ma’naviy-axloqiy jihatlarini fundamental tadqiq etishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi korrupsiyani shunchaki huquqbuzarlik sifatida emas, balki inson ma’naviyatining tanazzuli va qadriyatlar inqirozi sifatida tahlil qilishdan iboratdir. Maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishda faqatgina huquqiy va ma’muriy choralarning yetarli emasligi, balki har bir shaxsning ongida ichki "ma’naviy filtr"ni shakllantirish zaruriyati ilmiy asoslab beriladi. Tadqiqot davomida Sharq Uyg‘onish davrining buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Amir Temur, Alisher Navoiy va Nizomulmulk kabi siymolarning adolat, insof, halollik va poklik haqidagi o‘lmas merosi zamonaviy antikorrupsion siyosat nuqtayi nazaridan qiyosiy o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada inson nafsining jilovlanishi, birovning haqqiga xiyonat qilmaslik va ijtimoiy adolat tamoyillarining tarixiy ildizlari tahlil qilinib, ularni bugungi ta’lim-tarbiya tizimiga integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada keltirilgan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, jamiyatda insof va adolat tushunchalari barqaror bo‘lmas ekan, har qanday huquqiy mexanizm o‘zining kutilgan samarasini bermaydi. Tadqiqot natijasida yoshlar ongida "antikorrupsion immunitet"ni shakllantirish bo‘yicha bir qator amaliy takliflar ilgari surilgan bo‘lib, ular milliy ma’naviyatimizning ustuvor yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘langan.