Maqolada vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashxisiy xarakterga ega ekanligi ta’kidlanadi. Shu sababli talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda asosiy omil bo‘luvchi vitagen tajribaga egalik darajasini aniqlash hamda uni baholash zaruriyati yuzaga keladi.
Maqolada Toshkent shahrida joylashgan “To‘xtaboyvachcha” jome masjidining tarixi va me’moriy xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, masjid devorlari va peshtoqlariga bitilgan epigrafik yodgorliklar, ya’ni Qur’on oyatlari va hadislar tahlil etilgan. Unda qo‘llangan xat turlari (suls va nasx), ularning ma’naviy va estetik ahamiyati haqida fikr bildirilgan. Masjid tarixi orqali mahalliy jamiyatning diniy-ma’naviy hayoti ham ochib berilgan.
Mazkur ilmiy maqola tijorat banklarida muammoli kreditlar (non-performing loans – NPL) bilan ishlash samaradorligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Hamkorbank” ATB misolida tahlil qilingan. Muammoli kreditlar banklarning moliyaviy barqarorligi, rentabelligi va mijozlar ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois ularni boshqarish va qaytarilishini ta’minlash bugungi kunda banklar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Maqolada muammoli kreditlarning paydo bo‘lish sabablari, “Hamkorbank” ATBda mavjud amaliyot, xalqaro tajriba va ilg‘or yondashuvlar o‘rganilgan. Shuningdek, muammoli kreditlarni kamaytirishning samarali mexanizmlari sifatida kredit tahlilini chuqurlashtirish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, restrukturizatsiya jarayonini soddalashtirish va kredit sug‘urtasidan keng foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari banklar faoliyatida risklarni kamaytirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash hamda mijozlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Maqolada vitagen tajriba asosida talabalarda tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tashxisiy xarakterga ega ekanligi ta’kidlanadi. Shu sababli talabalarning tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishda asosiy omil bo‘luvchi vitagen tajribaga egalik darajasini aniqlash hamda uni baholash zaruriyati yuzaga keladi.
Maqolada loyihalarni moliyalashtirish jarayonida xalqaro kredit liniyalarining o‘rni va ularning samarali foydalanish mexanizmlari tahlil qilingan. Xalqaro moliya institutlari – Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa donor tashkilotlar tomonidan ajratilayotgan moliyaviy resurslarning iqtisodiyotdagi strategik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, xalqaro kredit liniyalaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar – tashqi qarzdorlikning ortishi, loyihalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini to‘liq hisobga olmaslik va monitoring mexanizmlarining yetarli darajada takomillashmaganligi muhokama etilgan. Maqolada qiyosiy tahlil asosida xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston sharoitida xalqaro kredit liniyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun institutsional islohotlar, risk-menejment tizimlarini kuchaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.