LIBERALISM AND CONSTRUCTIVISM IN EXPLAINING CONTEMPORARY INTERNATIONAL RELATIONS: THE CASE OF THE EUROPEAN UNION

International relations theory does not offer absolute truths but provides analytical tools for understanding complex global processes. This article examines how liberalism and constructivism explain contemporary international relations through the case of the European Union. The study argues that liberalism effectively explains institutional cooperation, economic interdependence, and the role of international law, while constructivism reveals the importance of identity, norms, and shared meanings. The development of the European Union demonstrates the practical success of liberal ideas, whereas challenges such as Brexit highlight the limits of institutional integration without strong collective identity. The article concludes that combining theoretical approaches allows for a more comprehensive understanding of global politics.


21.04.2026 Volume Issue View more Download
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARDA RAQAMLI PEDAGOGIK MATERIALLAR YORDAMIDA DIQQAT VA TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda raqamli pedagogik materillar yordamida diqqat va tafakkurni rivojlantirish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, raqamli muhitda tashkil etilgan mashg‘ulotlarning psixologik-pedagogik xususiyatlari, ularning yoshga mosligi va individual yondashuvni ta’minlashdagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maqsadli va metodik jihatdan to‘g‘ri tanlangan raqamli materiallar bolalarning bilish faolligini oshirib, tafakkur operatsiyalarini chuqurlashtiradi hamda diqqatning barqarorligini ta’minlaydi.


21.04.2026 Volume Issue View more Download
ZIYRAK O'QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA O'QITUVCHILARNING PEDAGOGIK FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada ziyrak o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida o‘qituvchining pedagogik faoliyatini takomillashtirish masalasi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Ziyrak o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, intellektual rivojlanish qonuniyatlari hamda ularning o‘quv faoliyatidagi o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Zamonaviy psixologik nazariyalar va pedagogik yondashuvlar asosida bunday o‘quvchilar bilan ishlashning samarali usullari asoslab beriladi. Individual va differensial yondashuv, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim hamda loyihaviy faoliyatning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, ziyrak o‘quvchilar bilan ishlash samaradorligini baholash mezonlari, diagnostika metodlari va monitoring tizimi yoritiladi. Tadqiqot natijalari pedagogik faoliyatni takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


21.04.2026 Volume Issue View more Download
ENERGETIKA XAVFSIZLIGI: ICHKI VA TASHQI XAVF-XATARLAR TAHLILI

Mazkur ilmiy maqolada energetika xavfsizligining nazariy asoslari, uning iqtisodiy xavfsizlik tizimidagi o‘rni hamda ichki va tashqi xavf-xatarlar keng qamrovda tahlil qilingan. Energiya resurslaridan samarali foydalanish, ularni diversifikatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va barqaror energiya ta’minotini yo‘lga qo‘yishning ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, global energetika bozori dinamikasi, geosiyosiy omillar va iqlim o‘zgarishining energetika xavfsizligiga ta’siri ilmiy yondashuv asosida yoritilgan.


21.04.2026 Volume Issue View more Download
O‘SMIRLAR PSIXIKASIGA RAQAMLI MUHITNING TA‘SIRI

Mazkur maqolada raqamli muhitning o‘smirlarning psixologik rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri kompleks va tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. O‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari, xususan emotsional beqarorlik, o‘z-o‘zini anglash jarayoni hamda ijtimoiy identifikatsiya muammolari raqamli texnologiyalar bilan o‘zaro bog‘liqlikda yoritilgan. Tadqiqotda internet va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ongiga ta’siri, ularning emotsional holati, o‘z-o‘zini baholash darajasi, ijtimoiy moslashuvi va xulq-atvoridagi o‘zgarishlar ilmiy manbalar hamda zamonaviy psixologik yondashuvlar asosida tahlil etilgan.Shuningdek, raqamli muhitning ijobiy jihatlari axborot olish imkoniyatlarining kengligi, mustaqil ta’lim va ijodiy rivojlanish omillari bilan bir qatorda, salbiy ta’sirlari ham asoslab berilgan. Xususan, internetga qaramlik, kiberbulling, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini boshqalar bilan solishtirish holatlari va ularning psixik salomatlikka ta’siri chuqur tahlil qilingan. Maqolada ushbu muammolarning oldini olishga qaratilgan psixoprofilaktik choralar, jumladan media savodxonlikni rivojlantirish, raqamli gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish va pedagogik-psixologik yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari o‘smirlar ruhiy salomatligini mustahkamlash va raqamli muhitdan oqilona foydalanishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


21.04.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor