Mazkur maqolada mahalla yoshlarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishning nazariy hamda amaliy asoslari tahlil qilingan. Kitobxonlikning yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, intellektual salohiyati va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mahalla, oila va ta’lim muassasalari hamkorligida kitobxonlik muhitini yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda mutolaa madaniyatini ommalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Fizika fanini o‘qitishda nazariy bilimlarni amaliy kuzatishlar bilan bog‘lash o‘quvchilarda ilmiy tafakkurni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, suyuqliklar mexanikasiga oid Paskal va Arximed qonunlari o‘z mohiyatiga ko‘ra tajriba orqali osonroq anglashiladigan mavzulardandir. Mazkur maqolada ushbu qonunlarni tajriba asosida o‘qitishning metodik yondashuvlari tahlil qilinadi hamda dars jarayonida oddiy laboratoriya jihozlari yordamida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarning didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, tajribalarni tashkil etishda o‘quvchilarning kuzatish, taqqoslash, tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Maqolada keltirilgan metodik tavsiyalar umumta'lim maktablari va akademik litseylar fizika darslarini tashkil etishda qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
Ushbu maqolada taniqli mutasavvif olim va shoir Soʻfi Ollohyorning oʻzbek adabiyoti hamda pedagogik fikr taraqqiyotida oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan “Sabotul-ojizin” asaridagi falsafiy-axloqiy va pedagogik qarashlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarning zamonaviy taʼlim tizimidagi yoshlar maʼnaviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish, ularda aksiologik (qadriyatshunoslik) tushunchalarni rivojlantirish hamda iymon, sabr, kamtarlik va odob kabi fundamental fazilatlarni tarkib toptirishdagi didaktik salohiyati ochib berilgan. Shuningdek, maqolada klassik pedagogik manbalarni umumiy oʻrta va oliy taʼlim tizimiga integratsiya qilishning samarali pedagogik strategiyalari metodologik nuqtai nazardan asoslangan.
The article discusses the conceptual foundations of the digital transformation of the management system of educational organizations in the context of digitalization. The essence of digital transformation, its main components and features of implementation in the management system of educational organizations are analyzed. Particular attention is paid to digital strategy, technological infrastructure, digital culture, artificial intelligence and data analytics. Based on the analysis of the experience of leading universities in the USA, Russia and China, the main directions of digital transformation of the management system were identified. It was concluded that the integrated introduction of digital technologies contributes to improving the efficiency of management activities and the quality of educational services.
Bugungi kunda ta’limga integratsiya qilinayotgan eng yangi texnologiyalardan biri bu sun’iy intellektdir. Sun’iy intellektning ta’limdagi rolini shunchaki texnologik yangilik sifatida ko‘rishdan ko‘ra, uni pedagogik funktsiyaga ham ega bo‘lgan element sifatida ko‘rib chiqish ushbu texnologiyaning ta’limga qo‘shgan hissasini tushunishda katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolaning taqdim etilishidan maqsad, sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni va ta’sirini pedagogik doirada muhokama qiladigan malakali tadqiqotlarni o‘rganib, sun’iy intellektning pedagogikani qanday qo‘llab-quvvatlashi va pedagogik nuqtai nazardan olib kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni ochib berish va bu mavzudagi o‘zbek adabiyotiga hissa qo‘shishdir.