Ma’lumki, arab adabiyoti juda boy va keng qamrovga egadir. Bunga sabab, eng avvalo arab diyorlarida so‘z san’ati hisoblanmish adabiyotning eng qadimgi davrlardan buyon rivoj topib kelayotgani bo‘lsa, ikkinchi tarafdan asrlar davomida arablar boshdan kechirgan tarix, boshqa madaniyatlar bilan qorishuvlar, adabiy aloqalar, ijtimoiy hayot va hakozolarni omil qilib keltirish mumkin. Ana shu serqirra arab adabiyotining jilokor va yorqin, o‘ziga xos adabiyot jabhalaridan biri bu — Marokash adabiyotidir. Marokash adabiyotining eng qiziqarli jihati uning ko‘p tilliligidir. U fransuzzabon va arabiyzabon Marokash adabiyotiga bo‘linadi. Marokash 1912-yilda Fransiya va Ispaniya tomnidan bo‘linib olinganidan so‘ng zamonaviy Marokash adabiyoti arab tilidagi rivojlanishi sezilarli ravishda pasaydi. Mustamlakachilik hokimiyati Marokash xalqining ta’limini arab tilida oshirishga to‘sqinlik qilar, shuningdek mamlakatda arab tilidagi nashrlarni chop ettirish uchun bosmaxonalar yetarli emas edi. Fransuz va ispan maktablarining ochilishi mamlakatda g‘arb madaniyatining tarqalishiga zamin bo‘ldi. Natijada Marokashda, Jazoirchalik bo‘lmasa-da, ijodkor ziyolilar qatlami juda fransuzlashib ketdilar. Badiiy va ilmiy asarlarning ko‘p qismi g‘arb adabiyotining an’analarida, fransuz tilida, qisman ispan tilida yaratildi. Toxir Benjullun asli Marokashdan bo‘lgan arab-fransuz yozuvchisidir. Uni faqatgina marokashlik yozuvchi emas, balki marokash-fransuz yozuvchisi deya e’tirof etishimizga sabab esa, u bir necha yillardan buyon Fransiyada yashaydi va o‘z ijodiy faoliyatini o‘sha yerda, fransuz tilida olib boradi. Adib fransuz tilida ijod qilishiga qaramasdan uning asarlaridagi, romanlaridagi badiiy g‘oyalar, qahramonlar xarakteri, tuyg‘u-kechinmalari arab madaniyati bilan sug‘orilgan. Yozuvchi marokash-arab xalqi haqida kuylaydi, ularning bu hayotda boshdan kechirgan, yashab o‘tgan turmush kechinmalari haqida so‘z yuritadi, xoh o‘z yurtida bo‘lsin, xoh musofirchilikda bo‘lsin, arab millatiga mansub qahramonlarning tuyg‘ulari bilan hisoblashadi. Maqolada ana shu yozuvchining o ‘z romanlarida murojaat qilgan mavzulari bayon qilinadi.
Mazkur maqolada pedagogika va tasviriy san'atning o'zaro bog'liqligi, tasviriy san'atning o'quvchi shaxsini shakllantirishdagi o'rni hamda ta'lim jarayonida san'at vositalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muallif tasviriy san'at darslari o'quvchilarning ijodiy tafakkuri, estetik didi, kuzatuvchanligi va ma'naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda muhim vosita ekanini asoslab beradi. Shuningdek, tasviriy san'atni o'qitishning samarali metod va shakllari, integratsiyalashgan yondashuvlar va raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritilgan.
Mazkur maqolada davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilishning xalqaro-huquqiy asoslari, ushbu jarayonlarda yuzaga keladigan huquqiy muammolar hamda chegara nizolarini hal etishda xalqaro sud amaliyotining ahamiyati tahlil qilinadi. Xalqaro sudning Burkina-Faso va Mali, Benin va Niger, shuningdek, Burkina-Faso va Niger o‘rtasidagi chegara nizolari bo‘yicha qarorlari asosida huquqiy titul, tarixiy-ma’muriy hujjatlar, kartografik materiallar va texnik dalillarning huquqiy ahamiyati o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida delimitatsiya va demarkatsiya jarayonlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash, chegara to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarning aniqligini oshirish hamda qo‘shma chegara komissiyalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.