Mazkur maqolada bokschilarni bir yillik o‘quv-mashg‘ulot sikli davomida tayyorlash metodikasi, mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish tamoyillari hamda sport natijalarini oshirishga qaratilgan uslublar tahlil qilingan. Tadqiqotda tayyorgarlik davri, musobaqa davri va o‘tish davrlarining o‘zaro bog‘liqligi, jismoniy, texnik-taktik hamda psixologik tayyorgarlikning yillik sikldagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, mashg‘ulot jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning samaradorligi statistik ma’lumotlar va tahlillar orqali ko‘rsatib berilgan.
Maqalada reńli súwret sabaqlarında reńlerdiń adam psixologiyasına visual hám emociyalıq tásiri, kórkemlik simvolikası hám olardıń joqarı oqıw orınları kórkem - óner baǵdarı studentleriniń jeke (individual) kórkem usılın qáliplestiriwdegi ornı tahlil etiledi. 2-kurs studentleriniń dóretiwshilik jumıslarında reńlik palitranı maqsetli tańlaw arqalı óz jollın hám avtorlıq usılın tabıw mashqalaları metodikalıq jaqtan úyrenilgen.
Mazkur maqolada Jamoliddin Ibn Hojibning “Al-Kofiya” hamda Abdurahmon Jomiyning “Al-Favaidu ad-diyaviyyatu” asarlarida sintaktik talqinlarning qiyosiy tahlili amalga oshiriladi. Tadqiqotda ikki asarning metodologik yondashuvlari, grammatik ta’riflari va nahviy masalalarga munosabati o‘rganilgan. Xususan, foil, tavobi’, taqdim va ta’xir hamda tanozu’ kabi sintaktik hodisalarning talqinidagi o‘xshash va farqli jihatlar yoritilgan. Tahlillar natijasida Ibn Hojib grammatik qoidalarni ixcham va me’yoriy shaklda bayon etgani, Jomiy esa ularni mantiqiy-semantik jihatdan keng sharhlab bergani aniqlandi.
Bul maqalada súwretlew hám ámeliy kórkem ónerdi oqıtıwda kompoziciyanıń áhmiyeti kórsetilgen.Kompoziciyalıq uyqaslılıq tiykarında shólkemlestirilgen teoriyalıq procesiniń oqıwshılardıń dóretiwshilik, logikalıq hám estetikalıq pikirlewdi rawajlandırıwdaǵı ornı analizlengen. Sonday-aq, kompoziciylıq uyqaslıqtı ámelge asırıwdıń nátiyjeli metod hám usılları kórip shıǵılǵan.
Ushbu maqolada Surxon vohasining (Surxondaryo viloyati) zamonaviy turizm salohiyati, uning mintaqa iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotidagi oʻrni hamda rivojlanish bosqichlari atroflicha tahlil qilingan. Vohaning paleolit davridan boshlab oʻrta asrlargacha boʻlgan noyob arxeologik yodgorliklari, buddaviylik madaniyati merosi hamda islomiy ziyoratgohlari tarixiy turizm nuqtai nazaridan yoritilgan. Shuningdek, hududning ekologik jozibadorligini belgilovchi Sangardak sharsharasi, Omonxona shifobaxsh bulogʻi va Xoʻjaikon tuz gʻori kabi tabiiy inshootlarning imkoniyatlari oʻrganilgan. Maqolada turizm infratuzilmasini yaxshilash, oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va mintaqada "Xavfsiz turizm" tizimini joriy etishning mahalliy aholi bandligini taʼminlashdagi samaradorligi statistik maʼlumotlar asosida koʻrsatib berilgan.