Ushbu maqolada sanoat chiqindilarining atrof-muhitga ta’siri va ularni GIS (geoaxborot tizimlari) yordamida baholashning ilmiy asoslari tahlil qilinadi. Sanoat chiqindilari havo, suv va tuproq resurslarini ifloslantirib, biologik xilma-xillikni kamaytiradi va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. An’anaviy monitoring usullari ko‘pincha hududiy va ekologik o‘zgarishlarni yetarlicha aniqlay olmaydi. Shu sababli GIS texnologiyalari chiqindilar tarqalishi, konsentratsiyasi va ekologik xavf zonalarini aniqlashda samarali vosita sifatida qo‘llaniladi. Tadqiqot natijalari sanoat chiqindilarini boshqarish va ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Ushbu maqolada, advokaturada sun’iy intelekt o’rni haqida fikr va mulohazalar yuritiladi. Sun'iy intellekt tezda zamonaviy iqtisodiyotdagi eng o'zgaruvchan kuchlardan biriga aylandi va sanoatni sog'liqni saqlashdan moliyalashtirishga o'zgartirdi. Yuridik kasb-uzoq vaqtdan beri o'zining qat'iy analitik usullari va inson hukmiga tayanishi bilan tanilgan. Endi o'zining sun'iy intellektga asoslangan o'zgarishini boshdan kechirmoqda. AI allaqachon yuridik firmalar, yuridik bo'limlar va sudlarga kiritilgan bo'lib, advokatlarning tadqiqot olib borishi, hujjatlarni tayyorlashi, mijozlarga maslahat berishi va ishlarni boshqarishiga ta'sir qiladi.
Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda bolalar adabiyotining ahamiyati, vazifalari va metodik asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bolalar adabiyotining psixologik, ma’naviy va estetik rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Bundan tashqari, o‘quvchilarning yosh xuxusiyatiga qarab kitob tanlash, mavzularning rang-barangligi hamda o‘qituvchi, ota-onalar uchun kitobxonlikni shakllantirishga doir metodik tavsiyalar berilgan. Shuningdek, bolarning shaxs sifatida kamol topishida, milliy qadriyatlarini egallashda va dunyoqarashi shakllanishida kitobxonlikning muhim vosita ekanligi haqida so‘z boradi.
Ushbu maqolada global yashil iqtisodiyot tushunchasi, yashil iqtisodiyotning paydo bo’lishiga sabab bo’ladigan omillar, xorijiy olimlarning “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga yondashuvlari, “Yashil iqtisodiyot” tushunchasiga o’zbek olimlarining yondashuvlari, yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari va rivojlanish bosqichlari tahlil qilinadi. Yashil iqtisodiyotning atrof-muhitni muhofaza qilish, iqtisodiy barqarorlik va resurslardan samarali foydalanish jihatlari bilan bog’liq jihatlari yoritib o’tilgan. Maqolada yashil iqtisodiyotning turli xil kategoriyalarining ko’rsatkichlarini aniqlash indekslari, ular haqida ma’lumotlar va ulardan foydalanish usullari ham yaqqol yoritib o’tilgan. Shuningdek, maqolada O’zbekistonda yashil iqtisodiyotga o’tish jarayonlari, amalga oshirilayotgan bir qancha islohotlar va xalqaro tajribalar bilan solishtirishlar keltirib o’tilgan. Iqlim o’zgarishlar va ekologik muammolarga qarshi kurashish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish hamda suv resurslaridan tejamkorona foydalanish bo’yicha mamlakatning strategik yo’nalishlari ko’rib chiqilgan.