International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI XALQARO STANDARTLARGA TRANSFORMATSIYA QILISH MASALALARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida moliyaviy hisobotlarni xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (IFRS) muvofiqlashtirish masalalari yoritilgan. Transformatsiya jarayoni bank tizimida shaffoflikni oshirish, xalqaro moliyaviy bozorlarga integratsiyalashish va investorlar ishonchini mustahkamlashda muhim omil sifatida e’tirof etiladi. Maqolada transformatsiyaning bosqichlari, mavjud huquqiy asoslar, duch kelinayotgan muammolar hamda xalqaro tajribalar asosida takliflar tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar asosida O‘zbekistondagi amaliy jarayonlar va istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tilgan.


30.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
BANK PLASTIK KARTALARI ORQALI MASOFAVIY XIZMATLARNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada bank plastik kartalari orqali ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlarning ahamiyati, amaldagi holati va ularni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston tijorat banklarining raqamli xizmatlar sohasi bo‘yicha olib borayotgan ishlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bayon etiladi. Xususan, mobil ilovalar orqali amalga oshirilayotgan to‘lovlar, pul o‘tkazmalari, balans nazorati kabi xizmatlar qamrovi va samaradorligi o‘rganiladi. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida milliy tizimda raqamlashtirishni chuqurlashtirish, mijozlar xavfsizligini ta'minlash va xizmatlar sifatini oshirishga doir takliflar ilgari suriladi.


30.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
YASHIL MAKON MILLIY LOYIHASINI MOLIYALASHTIRISH SAMARADORLIGINI TA'MINLASH MASALALARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” milliy loyihasining moliyalashtirish tizimi chuqur tahlil qilinadi. Mazkur loyiha mamlakat ekologik muhitini yaxshilash, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda aholining yashash sifati va sog‘lom turmush tarzini ta'minlashda muhim strategik ahamiyat kasb etadi. Loyihani izchil amalga oshirish va uning uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash bevosita samarali moliyaviy mexanizmlarning mavjudligi va ularning to‘g‘ri ishlashiga bog‘liqdir. Maqolada loyiha doirasida jalb qilinayotgan moliyaviy manbalar — davlat byudjeti mablag‘lari, mahalliy hokimliklar resurslari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar homiylik yordamlari, xalqaro grantlar va kreditlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati ishtirokining amaldagi salmog‘i tahlil qilinadi. Moliyalashtirish samaradorligini oshirishda yuzaga kelayotgan muammolar — resurslarning yetishmasligi, moliyaviy oqimlarning nomutanosib taqsimlanishi, monitoring va hisobot tizimidagi kamchiliklar, budjetga yuklama kabi jihatlar yoritiladi.


30.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING YANGI MEXANIZMLARI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBASI

Mazkur maqolada yoshlarga oid siyosat, uning strategik yo‘nalishlari va so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, siyosiy qarorlarda bu boradagi asosiy tendensiyalarning dinamikasi ochib berilgan.


30.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
O’ZBEKISTON KORPORATIV OBLIGATSIYALAR BOZORINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida korporativ obligatsiyalar bozorining shakllanishi, hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari o‘rganiladi. Korporativ obligatsiyalar real sektorda faoliyat yurituvchi korxonalar uchun muqobil moliyalashtirish manbai sifatida qaraladi. Mamlakatda ushbu bozor hali to‘liq shakllanmagan bo‘lib, uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, jumladan, huquqiy baza, investitsion muhit, emitent va investorlar faoliyati tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi asosida O‘zbekiston sharoitida korporativ obligatsiyalar bozorini takomillashtirishga doir takliflar berilgan.


30.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor