Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarining estetik madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari, tamoyillari va usullari tahlil qilingan. Maqolada estetik tarbiyaning zamonaviy yondashuvlari, xalqaro tajriba hamda milliy qadriyatlarning uyg'unligi masalalari yoritilgan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili asosida amalga oshirilgan.
Ushbu maqolada tug’ma yurak nuqsoni to’la va qisman transpozitsiya, og’irlashtiruvchi holatlar, o’lim sabablari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tug’ma yurak nuqsoni (TYN) — bu tug‘ilgan paytdan boshlab paydo bo‘ladigan yurak strukturasidagi anomaliyalarni anglatadi. Ushbu holatlar yurak ichidagi qon oqimini buzishi, shuningdek, boshqa organ va tizimlarning normal ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tug’ma yurak nuqsonlari tug‘ilishdagi eng keng tarqalgan nuqsonlar bo‘lib, ularning murakkabligi oddiy muammolardan tortib bir nechta jarrohlik amaliyotlarini talab qiladigan qiyin holatlarga qadar o‘zgaradi. TYNlar o‘zgacha tibbiy yordam va davolashni talab qiluvchi holatlar sifatida, ularning o‘rganilishi va tushunilishi muhim ahamiyatga ega.
Ushbu ishda virtual tutqunlikka qarshi kurash masalalari, internet va raqamli texnologiyalar orqali yuzaga keladigan psixologik, ijtimoiy va texnologik xavf-xatarlar tahlil qilinadi. Virtual tutqunlik, yoshlar o‘rtasida internetga haddan tashqari qaramlik, kiberxavf-xatarlar va shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi kabi salbiy holatlar bilan ifodalanadi. Kiberxavfsizlik siyosatlari, treninglar va ommaviy axborot vositalarining roli kiber tahdidlarga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar, ta'lim muassasalari va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik yoshlarni onlayn xavfsizlikda himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Huquqiy va normativ choralar, shuningdek, xalqaro hamkorlik kiberxavfsizlikni ta'minlashda zaruriy elementlardir. Ushbu tadqiqot virtual tahdidlarga qarshi kurashda kompleks yondashuvni ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligini ta'kidlaydi, shuningdek, kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko'rsatadi.
Ushbu maqolada kichik Gidroelektrostansiyalarning energetika tizimimizdagi tutgan o’rni va ahamiyatini, kichik gidroelektrostansiyalardagi gidroagregatlardagi vibratsiyalar tahlili, ularning kelib chiqishi va oldini olish choralarini tahlil qilishni ko’rib chiqamiz. Vertikal gidroagregatlarning ishlash prinsipi va energiya ishlab chiqarishdagi foydali taraflarini ham ko’rib chiqamiz.