Ilmu fan taraqqiyoti ko'z ilg'amas darajada tezlashgan davrda fanlararo integratsiya uzluksiz ta’limni yo'lga qo'yishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Integratsiya atamasi lotincha inlegratio so‘zidan olingan bo'lib qo'shilish, birlashish ma’nolarini anglatadi. Ma’lumotlarni integratsiyalash har xil manbalarda mavjud bo'lgan materiallarni ma’lum maqsad asosida birlashtirib taqdim etishni nazarda tutadi. Integratsiyalashgan ta’lim va fanlararo aloqa bir-birini to‘ldiradigan ikki xil tushuncha. Fanlararo aloqada o‘quvchining ma’lum bilimlarni o'zlashtirish jarayonida u yoki bu muammoni imkon qadar chuqur anglash hamda olingan bilimlarni amaliyotga samarali joriy etishiga imkon berish maqsadida o‘quv fanlari orasida o‘rnatiladigan aloqa nazarda tutiladi. Ushbu maqola orqali adabiyot fanining boshqa fanlar bilan integratsiyalash jarayoni ko‘rib chiqiladi.
Ushbu maqolada O’zbekistonning jahon bozoriga kirib borish yo;lidagi muammolari va imkoniyatlari tahlil qilingan. Mamlakatning iqtisodiy integratsiya jarayonidagi o’rni, jahon xo’jaligiga qo’shilish yo’llari va bu yo’nailshda amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Asosiy e’tibor xalqaro savdoda qatnashish, eksport tarkibini diversifikatsiya qilish va yangi bozorlarni o’zlashtirish masalalariga qaratilgan. Maqolada jahon bozoriga chiqishdagi to’siqlar, jumladan, infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi, malakali ishchi kuchining yetishmasligi, byurokratik cheklovlar va korrupsiya muammolari atroflicha ko’rib chiqilgan. Shuningdek, mamlakat iqtisodiy siyosatining erkinlashuvi va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikning ahamiyati ta’kidlangan. O’zbekiston hukumati tomonidan sanoatni rivojlantirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ustuvor chora-tadbirlar yoritilgan.
Ushbu maqola Atrof-muhit, Ijtimoiy va Boshqaruv (ESG) investitsiyalarining korporativ iqtisodiyotga ta'sirini o'rganadi. Unda ESG tamoyillarining kelib chiqishi, o'sish omillari, korporatsiyalar strategiyasidagi o'zgarishlar, mavjud muammolar va ESG investitsiyalarining kelajagi haqida batafsil ma'lumot berilgan. Maqola ESG tamoyillarining nafaqat korporativ barqarorlikni oshirishi, balki uzoq muddatli iqtisodiy o'sishni ta'minlashi mumkinligini ko'rsatadi. Shuningdek, O'zbekistondagi ESG amaliyotlarining rivojlanish jarayoni va istiqbollari ham yoritilgan.
In this article, through the effective use of digital technologies in the tax system, all tax-related services are facilitated, i.e., the opportunities of tax authorities and taxpayers are expanded, and many tasks in the tax system are performed through digital technologies. research was conducted on recommendations and ways to evaluate their effec-tiveness, conclusions and suggestions were formed within the research.
Ushbu tezisda yuridik xizmatlar sohasidagi raqamli transformatsiyaning iste'molchilar huquqlariga ko'rsatayotgan ta'siri kompleks tahlilini bilib olish mumkin. Tadqiqot davomida raqamlashtirish jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari, xususan, xizmatlarning ochiqlik darajasi, narxlarning shakllanishi, sifat nazorati hamda maxfiylik masalalari o'rganilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalarining yuridik xizmatlar sohasiga tatbiq etilishi natijasida yuzaga kelayotgan huquqiy munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlari va muammolari aniqlanganligiga guvoh bo’lishimiz mumkin.