Ushbu maqolada O’zbekistonda ichki turizmni shakllantirishning o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Mamlakatning boy tarixiy merosi, geografik xilma-xilligi va milliy qadriyatlari ichki turizmni rivojlantirish uchun ko’pgina imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, maqolada xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, marketing strategiyalarini oshirish hamda ularni takomillashtirish bo’yicha takliflar berilgan.
Mazkur maqolada Isajon Sultonning “Ma’suma” romani uning baddiy xususiyatlari bayon etilgan holda asarda tarixiy shaxslarning badiiy talqinlari tahlilga tortilgan. Asarda ifodalangan jadid namoyondalari ularning hayot yo‘li va taqdirlariga oid holatlar badiiy ifodalar asosida ochib berilgan. Maqola ham aynan ushbu xususiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Milliy uyg’onish — bu O‘zbekiston va Markaziy Osiyo xalqlarining koloniya tizimi ostidagi mustamlakachilik hukumatlariga qarshi milliy va ijtimoiy siyosiy uyg‘onish harakati edi. Abdurauf Fitrat ushbu harakatning faol ishtirokchisi bo‘lib, uning asarlari va siyosiy faoliyati orqali millatning ma'naviy va madaniy uyg‘onishiga katta hissa qo‘shdi. Milliy uyg‘onish bu biror millat yoki xalqning o‘zining tarixiy, madaniy, til va diniy merosini anglab etishi, o‘ziga xosligini qayta tiklashi va o‘z huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan intilishdir. Milliy uyg‘onish, asosan, o‘z xalqining madaniyati, tilini va qadriyatlarini qadrlash, yuksaltirish va saqlashga qaratilgan harakatlarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu maqolada O`zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaning tavallud ayyomi munosabati bilan adabiy-badiiy tadbirlarni o`tkazish, she’riy parchalar va videolavhalar, musiqali parchalarni ishlatish bo`yicha ona tili va adabiyot fani o`qituvchilariga uslubiy yordam berish haqida ma’lumot beriladi.