Mazkur ilmiy ish “Dastlabki tayyorgarlik bosqichida gandbolchilarning chidamlilikni rivojlantirish vosita va usullari” mavzusiga qaratilgan bo‘lib unda, chidamlilikni rivjlantirish borasida olimlarning fikr mulohazalari yuuritilgan. Mavzu yuzasidan tadqiqot ishlari o‘tkazilgan, pedagagik kuzatuv ishlarida asosan matematik- statistika usullaridan foydalanilgan. Dastlabki tayyorlov bosqichida shug‘ullanuvchi gandbolchilarning chidamlilik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha vosita, usullari keltirilgan.
Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozada” asari ziyorat odoblari, Buxoro shahri va uning atrofida dafn etilgan yoki maqbaralari joylashgan 160 ga yaqin ulug‘ ulama, faqih, so‘fiy, qozi, olim, podshoh, sulton va boshqalar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beruvchi asar bo‘lib, mazkur tadqiqot ishida ushbu asarning yozilish sabablari hamda undan ko‘zlangan maqsad, asarning tuzilishi, qo‘lyozma nusxalari borasida ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu maqola malakali gandbolchilarni maxsus chidamliligini shakllantirish metodikasini ishlab chiqish va uning jismoniy tayyorgarlik darajasiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda 12 haftalik mashg‘ulotlar davomida maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun turli xil mashqlar amalga oshirilgan. Mashg‘ulotlar davomida maxsus chidamlilikning o‘ziga xos sifatlari, jumladan, tezkor-kuch va anaerob-laktat chidamliligi rivojlantirilgan.
Mazkur maqolada gandbol sportida kuch-chidamliligini rivojlantirishga qaratilgan strategiyalar ishlab chiqilgan va ularning samaradorligi baholangan. Sportchilarning maksimal kuch, yugurish chidamliligi, dinamik va izokinetik kuch ko‘rsatkichlaridagi o‘sish sur’atlari baholangan.
Ushbu maqolada gandbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarlik bosqichida aylanma mashg‘ulotlarni qo‘llashning usullari va samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari, aylanma mashg‘ulot usulining sportchilarning jismoniy sifatlarini, jumladan, tezlik, chidamlilik, kuch va chaqqonlikni rivojlantirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.