Ushbu ilmiy maqolada etnos va millat tushunchalarining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Maqolada, birinchidan, etnos va millat tushunchalarining tarixiy, madaniy va siyosiy jihatlari chuqur o‘rganilgan. ushunchalar o‘rtasidagi farqlar va o‘xshashliklar tahlil qilingan holda, har birining ijtimoiy ahamiyati, jamiyatdagi roli va o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Ushbu maqola imo-ishora tili tizimida yangi imo-ishoralarning roli va ularning kommunikativ samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun imo-ishora tili hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, ular bilan samarali muloqotni ta'minlashda asosiy vosita hisoblanadi. Maqolada, yangi imo-ishoralarning til tizimiga qo‘shilishi, tilning leksik boyligini kengaytirish va kommunikativ imkoniyatlarni oshirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Ушбу мақола квант кимёвий тадқиқотларга, метилен гуруҳлари сонининг пропилендиамин реактивлигига таъсирига бағишланган. Электрон тузилиш ва энергия характеристикалари ҳақидаги маълумотларни таҳлил қилиш, реагентларнинг реактивлиги ва синтезнинг маҳсулдорлигида метилен гуруҳларининг ролини аниқлаш имконини беради.
Ushbu maqolada uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA)ning turlari va ularning tasnifi yoritiladi. Ulardan foydalanish maqsadi, texnik xususiyatlari va boshqaruv tizimlariga ko‘ra kategoriyalarga ajratib tahlil qilinadi. Maqola uchuvchisiz texnologiyalar rivoji va ularning turli sohalardagi ahamiyatini ochib beradi.