Maqolada yuqori malakali voleybolchilarda ayrim jismoniy va funksional ko‘rsatkichlarni mashg‘ulot hamda o‘yin yuklamalari ta’sirida o‘zgarish tahlil qilingan. Aniqlandiki, mashg‘ulot va testlardan avval olingan dastlabki ko‘rsatkichlar shu mashg‘ulot va testlar yuklamalari ta’sirida tushib ketgan. Lekin o‘yin yuklamalaridan so‘ng ushbu ko‘rsatkichlar yanada sustlashgan. Bunday holat tadqiqotda ishtirok etgan voleybolchilarning jismoniy imkoniyatlari ham, ularning funksional komponentlari ham mukammal shakllanmaganligidan darak beradi.
Мақолада Туркистонда ХIХ аср охири – ХХ аср бошларида юзага келган жадидчилик ҳаракати ва йўлбошчиларининг илм-маърифат ва ёшлар таълим- тарбиясини янгилашга оид қарашлари, шунингдек жадидларнинг илмий, маданий, маънавий-маърифий ва ижтимоий-сиёсий фаолияти кўрсатиб берилган.
Ushbu maqolada sun’iy ongning rivojlanishi natijasida chet tilini oʻrganish zarurati qanday o‘zgarayotgani tahlil qilinadi. Yangi tilni oʻrganishning inson miyasi faoliyatiga, xususan, neyroplastiklikni rivojlantirish, diqqatni jamlash, xotira kuchini oshirish va ijodkorlikni shakllantirishga bo‘lgan ijobiy ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, oʻsmirlarning kognitiv o‘sishi, ijodiy va ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirishda til oʻrganishning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, sun’iy ong asosidagi vositalarning til oʻrganishda yordamchi sifatida tutgan o‘rni yoritiladi. Maqola til o‘rganishning faqat kommunikatsion emas, balki intellektual va madaniy boylik sifatidagi ahamiyatini asoslaydi.