Мазкур мақолада кибержиноятлар тушунчаси, уларнинг замонавий жамиятга таҳдиди ҳамда кибержиноятларга қарши курашишнинг жиноят-ҳуқуқий асослари таҳлил қилинган. Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси жиноят қонунчилигида кибержиноятлар учун жавобгарлик масалалари, халқаро тажриба ва ушбу соҳадаги ҳуқуқий механизмларни такомиллаштириш йўналишлари ёритилган. Тадқиқот натижасида киберхавфсизликни таъминлашда жиноят-ҳуқуқий чораларнинг аҳамияти асослаб берилган.
Ushbu maqolada maktab boshqaruvida ichki nazorat va monitoring tizimini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlari va ularning samaradorligi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli monitoring platformalari, elektron jurnal tizimlari, KPI asosidagi baholash mezonlari hamda avtomatlashtirilgan hisobotlar orqali maktab boshqaruvida shaffoflik va tezkor qaror qabul qilish sezilarli darajada oshadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-son qarori asosidagi ichki baholash mexanizmlari monitoring tizimini takomillashtirishda muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa pedagogik jamoa faoliyatini nazorat qilish va muammolarni erta aniqlash imkoniyatini kengaytiradi. Tadqiqot natijalari maktab ma’muriyati va o‘qituvchilar hamkorligi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirishda muhim ekanini ko‘rsatadi.
Mazkur maqolada oliy o‘quv muassasalari binolari uchun katta oraliqli fazoviy konstruksiyalar tarkibida qo‘llaniladigan yassi qobiq konstruksiyalarni loyihalash, ishlab chiqarish va montaj qilish texnologiyalari o‘rganilgan. Zamonaviy qurilish amaliyotida katta auditoriyalar, sport majmualari, kutubxonalar va ko‘p funksiyali ta’lim markazlarini barpo etishda yassi qobiq konstruksiyalar yuqori samaradorlikka ega ekani tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bunday konstruksiyalar material sarfini kamaytirish, bino og‘irligini yengillashtirish va me’moriy yechimlarning estetik ko‘rinishini yaxshilash imkonini beradi.
Ushbu maqolada 1-4-sinf «Musiqa» darsliklarida musiqa savodxonligi mazmunining bosqichma-bosqich joylashtirilishi va uni o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlar tahlil qilinadi. Har bir sinf darsligidagi musiqiy savod elementlari — ritm, lad, temp, dinamika, nota yozuvi asoslari — alohida ko‘rib chiqiladi va ularni o‘zlashtirishda samarali metodlar (og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy, interaktiv) tavsiya etiladi. Tadqiqot 77-umumta'lim maktabi Yakkabog‘ tumanida olib borilgan pedagogik kuzatuv tajribasiga asoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, darslik mazmuni bilan metodlarni uyg‘unlashtirib o‘qitish o‘quvchilarning musiqa savodxonligini sezilarli darajada oshiradi.
Maqolada O’zbekistonning 2017-2025-yillardagi madaniy diplomatiyasi transformatsiyasi tahlil qilinadi. 178 ta xalqaro madaniy tadbir va 50 dan ortiq davlat bilan hamkorlik asosida olib borilgan tadqiqot shuni ko’rsatdiki, tizimli madaniy hamkorlikning ikki tomonlama savdo hajmining oshishiga va mintaqaviy integratsiyaning mustahkamlanishiga ta’sir ko’rsatdi. Tahlil uchta bosqichni ajratadi: poydevor yaratish (2017-2020), kengayish (2020-2023) va institutlashish (2023-2025). Tadqiqot madaniy diplomatiyaning rivojlanayotgan iqtisodiyotlar tashqi siyosatidagi rolini tushunishga hissa qo’shadi va boy madaniy merosga ega davlatlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.