Ahmad ibn Mahmud Muin ul-Fuqaroning “Tarixi Mullozada” asari ziyorat odoblari, Buxoro shahri va uning atrofida dafn etilgan yoki maqbaralari joylashgan 160 ga yaqin ulug‘ ulama, faqih, so‘fiy, qozi, olim, podshoh, sulton va boshqalar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beruvchi asar bo‘lib, mazkur tadqiqot ishida ushbu asarning yozilish sabablari hamda undan ko‘zlangan maqsad, asarning tuzilishi, qo‘lyozma nusxalari borasida ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu maqolada chet tillaridan yapon tiliga transkripsiyalash jarayonining lingvistik asoslari, usullari va muammolari tahlil qilinadi. Ayniqsa, fonetik va grafemik tafovutlar, yapon yozuv tizimining o‘ziga xos bo‘lgan cheklovlari, transkripsiya vaqtida sodir bo‘ladigan fonologik adaptatsiyalar chuqur ko‘rib chiqiladi. Misollar orqali chet so‘zlarining katakana yozuvida aks etishi va yapon talaffuziga moslashtirilish jarayoni yoritiladi. Maqola transkripsiya jarayonining tilshunoslikdagi va madaniyatlararo muloqotdagi ahamiyatini ochib beradi.
Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishining asosiy sabablari haqida so‘z boradi. Hozir, insoniyat taraqqiyoti davrida mavjud sohalarning rivojlanishi bilan birga iqlim o‘zgarishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning ham rivojlanishini kuzatilmoqda. Maqolada bu kabi omillar ta’sirini o‘rganish bilan ularning ahamiyatli jihati keltirilgan va salbiy omillari ta’sirini yumshatish, barqarorligini ta’minlash masalari ko‘rilgan.
Ushbu maqolada gandbol ixtisosligi talabalarining texnik tayyorgarlik darajasini nazorat qilish va tahlil qilishga qaratilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tajriba davomida ishlab chiqilgan maxsus mashg‘ulotlar dasturi asosida pedagogik tajriba o‘tkazildi. Olingan natijalar texnik harakatlar samaradorligi, ayniqsa to‘pni uzatish, jarima to‘pini uloqtirish va himoyaviy harakatlarda sezilarli o‘sishni ko‘rsatgan.
Ushbu maqolada huquqiy hujjatlarni tahlil qilishda mashina tarjimasi texnologiyalarining qo‘llanilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Maqolаda mashina tarjimasining rivojlаnish tarixi, huquqiy tarjimaning o‘ziga xos xususiyatlari, Legal Tech sohasida mashina tarjimasining ahаmiyati va qo‘llanilish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, xаlqaro tajriba va O‘zbekistondagi holat, sohaga oid xalqaro shartnomalar va huquqiy asoslar yoritib beriladi.