International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



GONOKOKKLARNING PATOGENLIK XUSUSIYATLARI FERMENTLARI VA TOKSINLARI

Ushbu maqolada gonokokklarning patogenlik xususiyatlari, fermentlari va toksinlari haqida so‘z boradi. Gonokokk infektsiyasi bakterial antroponotik kasallik bo‘lib, asosan jinsiy aloqa orqali yuqadi va siydik va reproduktiv tizimlarga ta’sir qiladi. Gonoreya juda yuqumli va har qanday jinsiy aloqa orqali yuqishi mumkin. Ammo, tarqalishiga qaramay (trichomoniasis va xlamidiyadan keyin uchinchi eng keng tarqalgan STI), kasallik davolanadi va juda kamdan-kam hollarda o'limga olib keladi. Gonokokklar odamda siydik-tanosil yoʻllari (soʻzaklar) va koʻz (blennoreyatsya) shilliq qavatining yiringli kasalliklarini qoʻzgʻatadi. Maqolaning mohiyatida gonokokklarning oldini olish va davolash chora tadbirlari to‘g‘risida fikr mulohaza yurutiladi.


21.02.2025 Volume 4 Issue 2 View more Download
TOHIR MALIKNING “ODAMIYLIK MULKI” ASARIDA INSONIYLIK VA AXLOQIY QADRIYATLAR TALQINI

Ushbu maqolada Tohir Malikning “Odamiylik mulki” asarida keltirilgan insoniylik, axloqiy qadriyatlar, tarbiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni, ahamiyati, milliy odob – axloq masalalari talqini haqida so‘z yuritildi.


21.02.2025 Volume 4 Issue 2 View more Download
INFORMATIKA FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Bugungi kunda informatika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida interfaol usullar, elektron ta’lim vositalari, sun’iy intellekt va raqamli platformalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, masalan, muammoli ta’lim, loyihaviy va gamifikatsiya metodlari orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish masalalari yoritiladi. Maqola natijalari informatika darslarini yanada samarali tashkil etish va o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.


21.02.2025 Volume 4 Issue 2 View more Download
BACHADON MIOMALARINI HOZIRGI KUNDA OMMALASHAYOTGANLIGI

Ushbu maqolada bachadon miomalarini hozirgi kunda ommalashayotganligi haqida so‘z boradi. Bachadon miomasi – bu bachadonning biriktiruvchi to'qima va mushak tolalarining o'simtasimon o'sishi hisoblanadi. Miyomatoz tugunlarning rivojlanishi bachadonni olib tashlash zaruratiga olib kelishi mumkin. Mioma oyog'ining burilishi peritonitni keltirib chiqaradi, bu homiladorlik paytida bolani nobud bo'lishiga va onaning hayotiga tahdid solishiga olib keladi. Davolash amalga oshirilmagan bachadon miomasi sarkomaga aylanishi, buyraklarning normal faoliyatini buzishi va endometrioz dinamikasini tezlashtirishi mumkin. Miomani oldini olish uchun muntazam ginekologik nazorat, abortni minimallashtirish hamda jismoniy faollik kabi jarayonlarini amalga oshirish kerak. Maqolaning mohiyatida miomani oldini olish hamda ularni davolash chora tadbirlari to‘g‘risida fikr mulohaza yurutiladi.


21.02.2025 Volume 4 Issue 2 View more Download
INGLIZ TILIDAGI SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHNING SAMARALI USULLARI

Ushbu maqola ingliz tilidagi so‘z boyligini oshirishning samarali usullarini ko‘rib chiqadi. Maqolada so‘z boyligini oshirishning ahamiyati, o‘quvchilarga ingliz tilini mukammal o‘zlashtirishda yordam beradigan turli metodlar, jumladan, kitob o‘qish, yangi so‘zlarni kontekstda o‘rganish, so‘zlarni yaratish va suhbatlar orqali til almashish kabi samarali usullar tahlil qilinadi. Ushbu maqola, til o‘rganishga qiziquvchilar va ingliz tilida so‘z boyligini oshirishni istagan har bir kishi uchun foydali qo‘llanma bo‘lib, so‘zlarni eslab qolish va ularni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatadi. Maqolada taqdim etilgan usullarni amalga oshirish orqali tilni to‘g‘ri va samarali ishlatish imkoniyatini yaratish mumkin.


21.02.2025 Volume 4 Issue 2 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor