Hozirgi vaqtda avtomobil transporti inson hayoti uchun katta qulaylik yaratish bilan birga, atrof-muhitga ham sezilarli darajada zarar yetkazmoqda. Avtomobillarning ko‘payishi, yo‘llarning kengayishi va transport harakatining ortishi ekologik muammolarning keskinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Ushbu maqolada avtomobil yo‘llari bilan bog‘liq asosiy ekologik muammolar va ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar tahlil qilinadi.
Ma'lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy mas'uliyat, o’zaro qurmat, tushunish va mehr-muhabbat umumiyligi bilan bog`langan kichik ijtimoiy guruh oila deyiladi. Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o’zining bir qator jihatlari bilan ajralib turadi: birinchidan, oila ko’p muddatga, ya'ni bir necha o’n yillar va ko’p yillarga mavjud bo’ladi; ikkinchidan, oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi, ya'ni milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, xissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi;
Ushbu maqolada bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari (prekantsereoz holatlar) va ularni aniqlash usullari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Patofiziologik o‘zgarishlar, diagnostik usullar, ularning samaradorligi hamda kasallik rivojlanish xavfini kamaytirish uchun olib boriladigan profilaktik tadbirlar tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy molekulyar va immunologik diagnostika usullari haqida ham so‘z yuritiladi.
Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o‘qitishda 5 E modeli asosida darslarni tashkil etish, o‘quvchilarni darsga jalb qilish, qiziqtirish, mavjud bilimlarini tadqiq qilish, mavzuni turli xil usullar bilan tushuntirish, ko‘nikmalar asosida bilimni amaliyotga qo‘llash va olgan bilimlarini baholash to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.