Maqolada boshlang‘ich sinflarda fe’l so‘z turkumi bilan qanday tanishtirilishi tushuntirib o‘tilgan. 3 va 4-sinflarda fe’lning qaysi mavzulari ochib berilgani, mavzuni o‘quvchilarga oson tushuntirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Eski va yangi darsliklarning o‘xshash va farqli jihatlari o‘rganilgan. PIRLS testidan namuna keltirilib, uni ishlash yo‘llari oson tarzda tushuntirilgan.
This article explores the symbolic and social meaning of the concept of "mother" in the works of John Ernest Steinbeck. In works such as The Grapes of Wrath and East of Eden, images of motherhood are analyzed as symbols of family stability and human endurance. The article highlights the social significance of motherhood in Steinbeck's work and its role in revealing human nature.
Annotatsiya Ushbu maqolada gipertireozning yo‘ldosh terminal so‘rg‘ichlaridagi qon tomirlariga ta’sirini ko’rishingiz mumkin. Gipertireoz natijasida yo‘ldosh tomirlarida kuzatiladigan patomorfologik o‘zgarishlar, jumladan, qon tomirlarining giperplaziyasi, mikrotromboz, devor qalinlashishi va degenerativ o‘zgarishlar kuzatiladi. Maqola natijalari homiladorlik asoratlari, xususan, preeklampsiya va intrauterin rivojlanish kechikishining ehtimoliy xavflarini aniqlashga yordam beradi. Ushbu maqola gipertireoz bilan homiladorlikning monitoringi va davolash strategiyalarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslarni taqdim etadi.
Ushbu maqolada jismoniy tarbiyaning inson salomatligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda muntazam jismoniy mashqlarning yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi, mushak va suyak tizimi, shuningdek, ruhiy holatga ta’siri ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, jismoniy faollikning muntazam ravishda amalga oshirilishi inson salomatligini yaxshilashga, semizlikni kamaytirishga va stressni boshqarishga yordam beradi. Maqola jismoniy tarbiyaning umumiy sog‘lomlikka bo‘lgan ta’sirini va uning ijtimoiy ahamiyatini tushunishga qaratilgan.