International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



VOLEYBOLDA HUJUM TAKTIKASI: NAZARIYA VA AMALIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiyasi muhimligi – sog‘lom, har tomonlama rivojlangan, mehnatga layoqatli va kelajakda jamiyatda o‘z fuqarolik vazifalarini to‘laqonli bajara oladigan yosh avlodni tayyorlash davlat ehtiyoji bilan bog‘liq ekani ta’kidlanadi.


19.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
O'ZBEKISTONDA KREDIT BOZORINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida kredit bozorining shakllanishi va uning rivojlanish bosqichlari, mavjud holati, muammoli jihatlari hamda istiqbolli yo‘nalishlari tizimli tahlil etilgan. Kreditlash jarayoni iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdagi asosiy vosita sifatida baholab boriladi. Shu nuqtai nazardan, kredit bozori iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotda bank tizimining hozirgi kredit siyosati, xususan, kredit resurslarining hajmi, taqsimoti, foiz stavkalari, kredit olish tartibi va shartlari, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kredit olishdagi mavjud to‘siqlar chuqur o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy texnologiyalar, jumladan raqamli platformalar, elektron kreditlash tizimlari, kredit reytinglari, Big Data va sun’iy intellekt texnologiyalarining kredit bozorini rivojlantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Moliyaviy inklyuziya va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari alohida e’tiborga olingan. Ilg‘or xorijiy tajribalar – xususan, Xitoy, Janubiy Koreya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining kreditlash amaliyoti tahlil qilinib, ularning o‘zbek iqtisodiyotiga moslashtirilgan jihatlari asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola natijalarida kredit bozorining institutsional va texnologik jihatdan modernizatsiya qilinishi, qonunchilik asoslarining takomillashtirilishi, banklararo raqobatni kuchaytirish va raqamli xizmatlarni keng joriy etish orqali kreditlash tizimining samaradorligini oshirishga oid aniq ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Mazkur tadqiqot bank sektori mutaxassislari, iqtisodchi-olimlar, moliyaviy siyosat yurituvchilar hamda ilmiy izlanish olib boruvchi tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.


19.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
O'ZBEKISTONDA MUQOBIL INVESTITSIYALASH AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda muqobil investitsiyalash amaliyotini rivojlantirish masalalari atroflicha tahlil qilinadi. An’anaviy moliyaviy manbalarga qo‘shimcha tarzda muqobil investitsiya vositalarining (venchur kapital, kraudfanding, islomiy moliya, startap fondlari va boshqalar) milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, ahamiyati va ularni joriy etishning zaruriyati asoslab berilgan. Jahon amaliyoti misolida samarali modellar ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston sharoitida ularni moslashtirish imkoniyatlari baholanadi. Shuningdek, muqobil investitsiyalarning huquqiy-institutsional bazasi, mavjud muammolar va rivojlanish istiqbollari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqiladi. Mazkur tadqiqot milliy iqtisodiyotda innovatsion va texnologik loyihalarni moliyalashtirishning yangi yo‘nalishlarini shakllantirishga xizmat qiladi.


19.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA KOMPLAYENS NAZORATNI TASHKIL QILISHNING ASOSLARI VA ZARURIYATI (“AGROBANK” ATB MISOLIDA)

Ushbu ilmiy maqolada tijorat banklari faoliyatida komplayens (compliance) nazorat tizimini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil etilgan. Xususan, “Agrobank” ATB misolida ushbu tizimni joriy etish tajribasi, asosiy yo‘nalishlari, huquqiy bazasi va institutsional mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Komplayens nazorati banklarda qonunchilikka rioya etilishi, ichki qoidalarga amal qilinishi, moliyaviy xavflar va firibgarliklarning oldini olish, shuningdek, xalqaro standartlarga mos faoliyat yuritishni ta'minlaydigan muhim vosita sifatida baholanadi. Tadqiqot davomida “Agrobank”da komplayens tizimi qanday tashkil etilganligi, filiallarda nazorat mexanizmlarining ishlashi, xodimlar malakasi, KYC va AML/CFT siyosatlarining joriy etilishi kabi jihatlar amaliy misollar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, mavjud muammolar — masalan, malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj, texnologik vositalarning yetarli emasligi va filiallar kesimidagi nomutanosibliklar — aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.


19.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРАКТИКИ КРЕДИТОВАНИЯ МАЛОГО БИЗНЕСА

В статье анализируется современное состояние практики совершенствования системы финансовой поддержки малого бизнеса, в частности, его финансирования за счет банковских кредитов. В статье выделяются основные проблемы существующей системы – отсутствие залогового обеспечения, бюрократические препятствия, сложные процессы получения кредитов, и предлагаются научно обоснованные предложения по их устранению. Также рассматриваются пути управления кредитными рисками в деятельности банков, расширения гарантийных механизмов и повышения доступности финансовых услуг для малого бизнеса за счет цифровизации кредитной инфраструктуры. Результаты исследования показывают, что совершенствование механизмов кредитования является важным фактором развития малого бизнеса.


19.07.2025 Volume 4 Issue 7 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor