Maqalada Berdaq atındaǵı Qaraqalpaq ádebiyatı tariyxı mámleketlik muzeyindegi «Berdaq zalı» ekspoziciyası mısalında qaraqalpaq xalqınıń ruwhıy-ádebiy tariyxında tereń iz qaldırǵan ullı tulǵalar — Xoja Axmet Yassawiy, Murat shayíq hám Qutlıxoja iyshannıń ómiri hám iskerligi haqqında sóz etiledi. Muzey eksponatlarınıń jas áwladtı estetikalıq hám etikalıq jaqtan tárbiyalawdaǵı ornı, sonday-aq "Sózine iyildi adam balası" koncepciyası sheńberinde ruwhıy miyraslardıń mánigilik áhmiyeti ilimiy jaqtan ashıp berilgen.
Мазкур мақолада Янги Ўзбекистонда гиёҳвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ва психотроп моддалар муомаласини ҳуқуқий тартибга солиш механизмларининг эволюцияси ва замонавий ҳолати илмий таҳлил қилинган. Тадқиқотда соф репрессив ёндашувлардан воз кечилиб, тиббий-ижтимоий реабилитация ва профилактикага асосланган янги миллий моделга ўтилиши ёритилган. Жумладан, ПФ-207-сон Фармони ва ЎРҚ-1151-сон Қонуни доирасида амалга оширилган институционал ислоҳотлар, синтетик гиёҳвандлик воситалари, кибермакондаги наркотрафик (Даркнет) ва прекурсорлар назорати бўйича қонунчиликдаги ўзгаришлар кўриб чиқилган. Шунингдек, трансмиллий наркожиноятчиликнинг эртанги таҳдидларига қарши курашиш мақсадида рақамли далиллар, крипто-активларни блоклаш ва "дорихона гиёҳвандлиги"га қарши курашишга қаратилган янги қонун нормалари лойиҳалари таклиф этилган.
Mazkur maqolada shahar landshaft tizimi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibiy tuzilmasi ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Shahar hududining tabiiy va sun’iy komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, landshaftni shakllantiruvchi omillar hamda ularning urban muhitga ta’siri keng yoritilgan.
Dolzarblik. Alimentar semizlik zamonaviy tibbiyotning eng muhim va keng tarqalgan muammolaridan biri bo‘lib, u organizmning turli tizimlariga, jumladan nafas olish tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘ to‘qimasining ortiqcha to‘planishi ko‘krak qafasi biomekanikasini buzadi, diafragma harakatchanligini cheklaydi hamda o‘pka hajmlarining kamayishiga olib keladi, natijada tashqi nafas olish faoliyati izdan chiqadi. Bundan tashqari, semizlik o‘pka qon aylanishida gemodinamik o‘zgarishlar bilan kechib, o‘pka arteriyasi bosimining oshishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, semizlik surunkali past darajali yallig‘lanish va metabolik buzilishlar bilan xarakterlanib, respirator disfunksiyani yanada kuchaytiradi.