Ushbu maqolada milliy musiqada ta`lim-tarbiyaga aql-idrokka, insonparvarlikka yurig`lovchi, tarbiyalovchi, nasihatguy she`rlar qatorlari, musiqa inson dunyoga kelishi bilan uning ichki ma`naviy olamiga aralashadi, milliy musiqada insonning tarbiya olishiga, aql-nasihat so`zlar alohida urin tutishi haqida so'z boradi.
“Оliy ta’lim tizimida mоdulli о`qitish texnоlоgiyasini tashkil etishning shakl va turlari ” mavzuli tezisda oliy ta’lim tizimida mоdulli о`qitish texnоlоgiyasini tashkil etishning shakl va turlari haqida chuqur ma’lumot berilgan. Qolaversa, modulli o‘qitish texnologiyasi o‘quvchilarning individual ehtiyojlari va afzalliklariga moslashtirilgan o‘rganish tajribasini o‘tkazish imkonini beruvchi moslashuvchan pedagogik yondashuvni ifodalaydi.
Maqolada oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi va unda davlat xususiy sherikchiligini joriy etishning zamonaviy nazariyalari va ularning o'ziga xos jihatlari tahlil etilgan. Oliy taʼlim tizimini moliyalashtirishda davlatning va davlat byudjetining mablag'larining roli to'g'risidagi ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Tadqiqotlar asosida oliy taʼlim tizimiga moliyaviy mustaqillik berilishi va uni moliyalashtirishda davlatning rolini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ushbu maqolada aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasiga Davlat tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya ta’sirini baholash uchun ekonometrik modellashtirishdan foydalanadi. Bandlik darajasi, uy xo‘jaliklari daromadlari darajasi va qashshoqlik darajasi kabi asosiy ko‘rsatkichlarni statistik tahlil qilish orqali biz iqtisodiy farovonlikni oshirishda ushbu tadbirlarning samaradorligini o‘rganamiz. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ma’lumotlarini o‘rganish va mavjud adabiyotlardan tushunchalar olish orqali ushbu tadqiqot siyosatchilar va tadqiqotchilar uchun qimmatli tushunchalarni taqdim etadi va haqiqatda farovonlikka intilishda dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish haqida ma’lumot beradi.