International scientific journal "Modern Science and Research"

ISSN: 2181-3906;   OAV Guvohnoma №042359;   Impact factor (UIF-2022): 8.2
Ushbu jurnalda O'zbekiston va chet davlatlar olimlari ilmiy maqolalari chop etiladi.
Ushbu jurnal OAK ro'yxatida mavjud xalqaro bazalarda indekslanib, elektron va bosma holatda nashr etib boriladi.
Jurnalning rasmiy tillari: o‘zbek, rus, ingliz
Jurnal telegram kanali: https://t.me/modernscience_research
Maqola muallifiga BEPUL qabul qilinganlik haqida tabriknoma, sertifikat, indekslanganligi haqida ma'lumotnoma va mualliflik guvohnomasi beriladi.
Jurnal har oyda nashr qilinadi.
Maqolalar yuborish uchun: @modernscience_research
golibboymurodov6@gmail.com

Articles Information letter

Oxirgi qushilgan maqolalar:



OQIW KÚNI TÁRTIBINDE DENE TÁRBIYANIŃ FORMALARI.

Bul maqalada oqıwshılardıń ayırımları mektepke kelemen degenshe oynap, juwırıwǵa úlgergen bolsa, basqaları keshikpew ushın asıǵıp keledi, ayırımları asıqpastan, bosańlasqan jaǵdayda keledi, yaǵnıy sabaq baslanıwınan aldın hámme oqıwshılardıńda dıqqat-itibarı bir jerge jıynalmaǵan boladı. Sonıń ushın, olardıń dıqqatın toplaw hám sanalı miynetke tayarlaw kerek. Áne sonıń ushında, shınıǵıwdan aldın ótkeriletuǵın gimnastika oǵada paydalı sanaladı. Arnawlı tańlap alınǵan shınıǵıwlar balalardı tınıshlandıradı, olardaǵı tolqınlanıw jaǵdayın basadı, shıyraqlastıradı.


08.11.2025 Volume 4 Issue 11 View more Download
JAZONI IJRO ETUVCHI MUASSASALARNING TURLARI VA OZODLIKDAN MAHRUM QILISH TARIQASIDAGI JAZO IJROSINI TASHKIL ETISH

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida jazoni ijro etish muassasalarining turlari, ularning huquqiy maqomi va ozodlikdan mahrum qilish jazosi ijrosini tashkil etish masalalari yoritilgan. Mamlakatimiz jinoyat-ijroiya qonunchiligi insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashib borayotgani, afv etish va jamoat birlashmalari kafilligi asosida jazodan ozod qilishning yangi tizimi joriy etilgani ta’kidlanadi.


08.11.2025 Volume 4 Issue 11 View more Download
AYOLLAR TOMONIDAN OZODLIKDAN MAHRUM QILISH JAZOSINI O'TASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA UNING TAKOMILLASHTIRILISHI TARIXI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ayollar tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘tash tartibi va uning tarixiy rivojlanishi bosqichma-bosqich tahlil qilinadi. Tadqiqotda 1926 yilgi O‘zSSR Ahloq tuzatish mehnat kodeksi, 1970 yilgi yangilangan kodeks hamda 1997 yil qabul qilingan Jinoyat-ijroiya kodeksi doirasida ayollar uchun belgilangan huquqiy kafolatlar, imtiyozlar va ularning sharoitlari yoritilgan. Ayniqsa, homilador, emizikli ayollar va yosh bolali ayollar uchun yaratilgan yengilliklar, koloniyalar qoshida bolalar uylari tashkil etilishi, jazoni yengillashtirish imkoniyatlari alohida ko‘rsatiladi. Maqolada shuningdek, ayollar jinoyatchiligi xususiyatlari, jinoyatlarning turlari, ularning erkaklar jinoyatchiligidan farqlari hamda zamonaviy davrda ayollar tomonidan sodir etilayotgan ta’magirlik va zo‘ravonlik jinoyatlarining o‘sish tendensiyalari tahlil etiladi. Muallif ushbu sohada insonparvarlik tamoyillarining mustahkamlanishi va jinoyat-ijroiya tizimini takomillashtirish zaruriyatini asoslaydi.


08.11.2025 Volume 4 Issue 11 View more Download
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA YURIDIK TA'LIMNI MODERNIZATSIYA QILISH: LEGALTECH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH

Bugungi XXI asr zamonaviy texnologiyalar va raqamli transformatsiya davri ekan, jamiyat barcha sohalarda yangi yondashuvlar va kompetensiyalarni talab qiladi. Yuridik ta’lim ham ushbu jarayondan chetda qolmay, zamonaviy talablarga mos ravishda modernizatsiya qilinishi zarur. Ushbu maqolada yuridik ta’limni raqamli transformatsiya sharoitida takomillashtirish, LegalTech kompetensiyalarini shakllantirish va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada xalqaro tajriba ham keng o‘rganilib, ushbu jarayonda qanday muammolar bo‘lishi mumkinligi va bularga yechimlar taklif qilinadi. Tadqiqot natijalari esa, yuridik fakultetlarda AI va LegalTech kurslarini kengaytirish, amaliy va nazariy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali bitiruvchilarda raqamli savodxonlik ko‘nikmasini rivojlantirish imkoniyatini ko‘rsatadi.


08.11.2025 Volume 4 Issue 11 View more Download
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YOSHLAR RUHIY SALOMATLIGIGA TA'SIRI

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar, xususan internet, ijtimoiy tarmoqlar va mobil qurilmalarning yoshlar ruhiy salomatligiga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’sirlari ilmiy tahlil qilinadi. Yosh avlodning psixologik barqarorligi, kommunikativ faolligi, o‘z-o‘zini anglash darajasi raqamli muhit sharoitida qanday shakllanishi o‘rganiladi. Shuningdek, internetdan haddan tashqari foydalanish oqibatida paydo bo‘ladigan ruhiy charchoq, diqqatning susayishi, ijtimoiy izolyatsiya kabi muammolarni oldini olish bo‘yicha psixologik tavsiyalar beriladi.


08.11.2025 Volume 4 Issue 11 View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor