Цирроз печени является одной из ведущих причин инвалидности и смертности во всём мире, а его влияние на сердечно-сосудистую систему в последние годы привлекает всё больше внимания. Гемодинамические, нейрогуморальные и метаболические изменения, наблюдаемые при циррозе печени, нарушают электрическую стабильность миокарда и создают предпосылки для развития различных нарушений сердечного ритма. Аритмии являются важным фактором, связанным с внезапной сердечной смертью, сердечной недостаточностью и ухудшением общего прогноза у пациентов.
Ishlatilgan G-58I katalizatoridan palladiy oksidlovchi-xloridli eritish usulida ajratilgandan keyin qolgan γ-Al₂O₃ tashuvchisining fazaviy, morfologik va teksturaviy holatini baholash metodologiyasi ishlab chiqildi. Rentgen difraksiyasi, BET adsorbsiya usuli, SEM/EDS, granulometrik va mexanik sinovlar asosida tashuvchining qayta foydalanishga yaroqlilik mezonlari taklif qilindi. Optimal eritish rejimida γ-Al₂O₃ ning asosiy fazaviy belgilari va granulalar skeletini saqlash, palladiy qoldig‘ini kamaytirish hamda sirtni qayta faollashtirish imkoniyati asoslandi.
Ushbu maqolada O`zbekiston va Janubiy Koreya Respublikalari o`rtasidagi munosabatlar o`rnatilishining ilk bosqichlaridan boshlab hozirgi kungacha bo`lgan institutsional asoslari, ularning tarixiy ildizlari hamda bosqichma-bosqich rivojlanish dinamikasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda diplomatik munosabatlarning bugungi kungacha bo'lgan davrida davlat va hukumat rahbarlari saviyasidagi tashriflar, strategik sheriklik to'g'risidagi deklaratsiya va bayonotlar, shuningdek Markaziy Osiyo--Koreya Respublikasi hamkorlik forumi kabi ko'p tomonlama institutsional mexanizmlar faoliyati ko'rib chiqilgan.
В статье исследуются налоговые механизмы, способствующие легализации предпринимательской деятельности и сокращению масштабов теневой экономики. Систематизированы фискальные, административные, цифровые, стимулирующие и институциональные инструменты. На основе опыта Эстонии, Италии, Республики Корея, Чили и государств ОЭСР определены условия результативного применения электронных счетов-фактур, онлайн-касс, предварительно заполненных деклараций, налоговых стимулов для покупателей и риск-ориентированного контроля. Проанализированы направления модернизации налогового администрирования в Узбекистане. Предложена модель, сочетающая упрощение добровольного соблюдения, цифровую прослеживаемость операций, адресное стимулирование формализации и соразмерный контроль. Практическая реализация предложений может способствовать расширению налоговой базы, защите добросовестной конкуренции и повышению социальной защищенности занятых лиц.
Mazkur maqolada tijorat banklarida naqd pulsiz operatsiyalarni amalga oshirish va buxgalteriya hisobida aks ettirishning nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning asosiy shakllari, jumladan, to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, inkasso topshiriqnomasi, memorial order va akkreditivlar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarning hisobini yuritish tartibi yoritilgan. Shuningdek, banklararo hisob-kitoblar, mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha pul mablag‘lari harakati, operatsiyalarni nazorat qilish va hisob ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida naqd pulsiz operatsiyalar hisobini raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan nazorat mexanizmlarini joriy etish, elektron hujjat aylanishini kengaytirish, operatsion xatolarni kamaytirish hamda bank axborot tizimlari xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.