В данной научной статье комплексно исследуются теоретические и практические аспекты организации учета оплаты труда и социальных выплат на предприятиях, а также анализируются современные подходы к совершенствованию системы их аудита в условиях цифровой трансформации экономики. Особое внимание уделяется выявлению существующих проблем в области точности бухгалтерского учета, прозрачности расчетов заработной платы, своевременности начисления обязательных социальных отчислений и эффективности контрольных процедур. В работе подробно рассматриваются действующие механизмы учета заработной платы, включая начисление основной и дополнительной оплаты труда, удержания, а также обязательные платежи во внебюджетные фонды. Проведен анализ факторов, влияющих на достоверность учетной информации, таких как человеческий фактор, недостаточный уровень автоматизации учетных процессов, несовершенство внутреннего контроля и слабая интеграция информационных систем. Особое место в исследовании занимает анализ современных аудиторских подходов, в том числе риск-ориентированного аудита, который позволяет сосредоточить внимание на наиболее уязвимых участках учета и повысить результативность аудиторских процедур. Рассматриваются вопросы внедрения внутреннего аудита, основанного на принципах превентивного контроля, а также применения международных стандартов аудита в практике предприятий.
Ushbu maqolada Ibn Ajrrum bilan bog‘liq al-Ajurrumiyya an’anasi va Ibn Hishom al-Ansoriyning Qotradun-nada wa ball as-sada asarida ism kategoriyasining talqini qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ismning belgilari, i‘rob bilan bog‘liqligi, ma‘rifa va nakira, mu‘rab va mabniy, sintaktik vazifalari hamda o‘qitish usuli solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, al-Ajurrumiyya boshlovchi o‘quvchi uchun qisqa va sodda grammatik tayanch yaratadi, Qotradun-nada esa shu tayanchni chuqurlashtirib, o‘rta bosqichdagi o‘quvchi uchun tahliliy va dalilliroq modelni beradi. Zamonaviy tadqiqotlarda al-Ajurrumiyya ayniqsa boshlovchi uchun zarur boblarni jamlagan qisqa matn sifatida, Qotradun-nada esa undan batafsilroq va kengroq qamrovli o‘rta darajadagi grammatika matni sifatida tavsiflanadi.
Ushbu maqolada muzeylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy xotira va tarixiy merosni asrashdagi ahamiyati, ularning ma’rifiy hamda madaniy tarbiyadagi vazifalari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston muzeylarining bugungi rivojlanish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar asosida eksponatlarni saqlash va targ‘ib etish mexanizmlari tahlil etilgan. Maqolada muzeylarning yangi avlod yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi nomoddiy qadriyatlar manbai sifatidagi roli ham keng yoritilgan.
Mazkur maqolada mustaqil Oʻzbekiston Respublikasida sport sohasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va taraqqiyot istiqbollari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Mustaqillik yillarida sportni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati, normativ-huquqiy asoslar, moddiy-texnik baza va sport infratuzilmasining takomillashuvi yoritib beriladi. Shuningdek, ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlar va ayollar sportini qoʻllab-quvvatlash, professional sportchilar tayyorlash tizimi hamda xalqaro sport maydonlarida Oʻzbekiston nufuzining oshib borishi tahlil etiladi. Maqolada sport sohasining jamiyat sogʻlomligi, yoshlar tarbiyasi va milliy gʻururni shakllantirishdagi oʻrni asoslab berilib, kelgusidagi rivojlanish yoʻnalishlari boʻyicha xulosalar ilgari suriladi.
Maqolada hozirgi fan texnika rivojlanga davarda qurilishda geodezik o‘lchash ishlar aniqligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Zamonaviy qurilish ishlari va muhandislik inshootlarining cho‘kishlarini kuzatishning asosiy uslubi geometrik nivelirlash uslubi hisoblanadi. Qurilish inshootlarning yaqin borib bo‘lmaydigan nuqtalarining cho‘kishlari trigonometrik nivelirlash uslubi bilan kuzatiladi. Murakkab qurilishlarda bir qator inshootlarda asosiy afzalligi o‘lchashlarning uzluksizligi va ularni avtomatlashtirish imkoniyati bo‘lgan gidrostatik nivelirlash uslubini qo‘llash ham ko‘zga tashlanadi.