Ushbu maqolada zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida baholash xizmatlari sifatini oshirishning asosiy yo‘nalishlari, omillari va mexanizmlari tahlil qilinadi. Baholash xizmatlarining iqtisodiy tizimdagi roli, sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi mezonlar hamda xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish yo‘llari ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari baholash jarayonlarida samaradorlikni oshirish, mijozlar ehtiyojlarini qondirish va raqobatbardosh xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishga qaratilgan.
Turar-joy binolarini rekonstruksiya qilish, shahar sharoitlari, shaharlarning kattalashishi, zichlikning o'sishi, rekonstruksiyani tashkil etishning murakkablashishi. Shahar xususiyatlarini hisobga olgan holda an'anaviy rekonstruksiya usullarini o'zgartirish taklif etiladi.
Переход к рыночной экономике, где основными элементами рынка являются Спрос, Предложение и Рыночная цена, вызвал необходимость определения соответствующих цен на имущество, движимое и недвижимое, и обеспечения законодательно-нормативной базы, соответствующей изменяющимся рыночным условиям. В данной работе последовательно изложена необходимость и порядок Оценки недвижимости и обоснована необходимость и сущность ее совершенствования на основании нормативно-законодательных актов, учитывающих сложившуюся практику и современные рыночные условия.
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorining shakllanish jarayoni, rivojlanish tendensiyalari ham mavjud va bu muammolar chuqur tahlil qilingan. Ko‘chmas mulk bozori mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u turar joy, tijorat va sanoat mulklarini sotish, ijaraga berish, investitsiya kiritish hamda boshqarish faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston sharoitida ushbu bozorning iqtisodiy ahamiyati, davlat siyosatining roli, mavjud qonunchilik bazasi hamda xorijiy tajribalar o‘rganilgan. Shuningdek, ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirishda uchrayotgan asosiy muammolar — moliyalashtirishning cheklanganligi, raqamli infratuzilmaning yetarli emasligi, qonunchilikdagi noaniqliklar va investitsiya muammolari alohida tahlil qilinadi. Ushbu muammolarga qarshi samarali yechim sifatida raqamli platformalarni joriy etish, elektron monitoring tizimini yaratish, ipoteka kreditlash mexanizmlarini soddalashtirish va xorijiy investorlar uchun soliq imtiyozlarini kengaytirish taklif etilgan.