RAQAMLI DAVRDA BOLALAR VA YOSHLARNING IJTIMOIY TARMOQLARDA EKRAN VAQTI: PSIXOLOGIK, IJTIMOIY TA’SIRLARI TAHLILI.

Maqolada raqamli davrda bolalar va yoshlarning ijtimoiy tarmoqlar hamda ekran texnologiyalaridan foydalanish darajasi, uning psixologik va ijtimoiy ta’siri yoritib berilgan. Ijtimoiy tarmoqlarning insonlar o‘rtasidagi muloqotni yengillashtirishdagi ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, ekran qaramligi, yolg‘izlik hissining kuchayishi, diqqatning sustlashuvi hamda yoshlar dunyoqarashiga salbiy ta’siri yoritilgan. Bolalarning raqamli muhitda ulg‘ayishi, sun’iy intellekt va qisqa videokontentlarning ta’lim hamda psixologik rivojlanishga ta’siri ko‘rib chiqilgan.


30.05.2026 Volume Issue View more Download
BOLALARDA MINIMAL MIYA DISFUNKSIYASI SHAKLLANISHINING KLINIK-NEVROLOGIK VA NEYROPSIXOLOGIK JIHATLARI

Minimal miya disfunksiyasi (MMD) bolalarda uchraydigan murakkab neyrorivojlanish holatlaridan biri bo‘lib, yengil nevrologik buzilishlar, kognitiv beqarorlik, xulq-atvor nazoratining buzilishi, ijro funksiyalari yetishmovchiligi hamda ijtimoiy moslashuv qiyinchiliklari bilan tavsiflanadi. Zamonaviy klinik tasniflarda “minimal miya disfunksiyasi” atamasi kamroq qo‘llanayotgan bo‘lsa-da, ushbu tushuncha pediatrik nevrologiya amaliyotida hanuz dolzarb hisoblanadi. Chunki u bolalarda diqqat yetishmovchiligi, xulq-atvor va emotsional buzilishlarning dastlabki klinik ko‘rinishlarini ifodalaydi.


30.05.2026 Volume Issue View more Download
MENGNОR OLLОMURОD SHE’RIYАTIDА LIRIK QАHRАMОN VА ОBRАZLАRNING XАRАKTERLАRI

Ushbu maqolada Mengnor Ollomurod she’riyatidagi lirik qahramon va obrazlar xarakteri tahlil qilinadi. Shoir ijodida inson qalbining ruhiy iztiroblari, ma’naviy inqiroz, haqiqat va adolat izlash motivlari yetakchi o‘rin egallashi yoritilgan. Tadqiqotda “Sahrolarning sarobida”, “Bir nokas ko‘nglimni…”, “Ko‘nglimni sindirdi…” kabi she’rlar misolida lirik qahramonning ichki kechinmalari, iztirob va umid o‘rtasidagi ruhiy holati poetik jihatdan tahlil etiladi. Shuningdek, shoirning metafora, antiteza, kinoya va simvolik obrazlardan foydalanish mahorati ochib beriladi. Maqolada xalqona til unsurlari bilan mumtoz she’riyat an’analarining uyg‘unlashuvi Mengnor Ollomurod uslubining muhim xususiyati sifatida baholanadi. Tadqiqot natijasida shoir yaratgan lirik qahramon obrazida zamonaviy insonning ma’naviy qiyofasi, ijtimoiy qarashlari va ruhiy olami aks etishi asoslab beriladi.


30.05.2026 Volume Issue View more Download
ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISHDA XALQARO HAMKORLIK VA YOSHLARNING HUQUQIY ONGI

Odam savdosi zamonaviy dunyoda insonning asosiy huquqlari jiddiy poymol etilishining eng og‘ir ko‘rinishlaridan biri bo‘lib qolmoqda va u barcha mintaqalardagi millionlab insonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur maqolada odam savdosi tushunchasi va uning zamonaviy ko‘rinishlari tadqiq etiladi, ushbu hodisaga qarshi kurashishga qaratilgan asosiy xalqaro-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi hamda bu sohadagi xalqaro hamkorlik mexanizmlari baholanadi. Profilaktika strategiyasi sifatida yoshlar o‘rtasida huquqiy ta’lim va huquqiy ongni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Odam savdosiga qarshi qonunchilikni amaliyotga tatbiq etish borasidagi O‘zbekiston tajribasi mintaqaviy amaliy tadqiqot (case study) sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida tizimli muammolar aniqlangan bo‘lib, ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash hamda yoshlarga yo‘naltirilgan huquqiy savodxonlik dasturlariga asoslangan yechimlar taklif etiladi.


30.05.2026 Volume Issue View more Download
O‘ZBEK TILI O‘GUZ LAHJASIDAGI MAISHIY LEKSIKANING TIPOLOGIK TAHLILI

Ushbu ilmiy maqolada o‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasiga oid maishiy leksikaning geneologik tahlili keltiriladi. O‘g‘uz lahjasiga oid turli ishlar va lug‘atlar asosida yig‘ilgan so‘zlar doirasida ularning qaysi tildan kelib chiqib, o‘rganilayotgan lahjada qay darajada ishlatilganligi statistik va tahliliy metodlar asosida yoritilgan. Maqolaning maqsadi – o‘g‘uz lahjasi o‘rganilishini yanada kengaytirish, leksik qatlamning kelib chiqishini tahlil qilish orqali lahjaning o‘ziga xos jihalarini ochib berish. Tadqiqot natijalari o‘g‘uz lahjasi va uning o‘rganilish masalalariga qo‘shimcha ilmiy manba bo‘la oladi.


29.05.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor