XURSHID DO'STMUHAMMADNING “JAJMAN” HIKOYASIDA RAMZLAR TAHLILI

Mazkur maqolada Istiqlol davri oʻzbek adabiyotida oʻz oʻrniga ega Jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning “Jajman” hikoyasi tahlilga olindi. Ushbu hikoyada ramziy obrazlar orqali yetkazib berilgan bir hikoyada aslida “Jajman” deb nomlangan rasmiy obraz orqali aslida ijodkor “nafs” degan yomon illatni nazarda tutgandir? Maqolda shular tahlilga olinadi.


15.05.2026 Volume Issue View more Download
JISMONIY MASHQLAR VA SPORT ORQALI OROLBO‘YI HUDUDIDA YASHOVCHI XOTIN-QIZLARNING JISMONIY FAOLLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada Orolbo‘yi hududida yashovchi xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirishda jismoniy mashqlar va sportning ahamiyati yoritilgan. Hududdagi ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishlari hamda ijtimoiy omillarning ayollar salomatligiga ta’siri tahlil qilinib, jismoniy tarbiya vositalari orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, xotin-qizlarni sport faoliyatiga jalb etishning pedagogik, ijtimoiy va sog‘lomlashtiruvchi jihatlari ilmiy asosda bayon etilgan.


15.05.2026 Volume Issue View more Download
METHODS OF IMPROVING FUNCTIONAL CAPACITY IN PRE-COMPETITION TRAINING OF WRESTLERS

This article discusses the scientific and methodological foundations of improving functional capacity in wrestlers during the pre-competition training period. It analyzes the development of general and special physical fitness, improvement of cardiovascular and respiratory system functions, and proper planning of training loads. In addition, the effectiveness of modern methods and tools used in pre-competition preparation is highlighted.


15.05.2026 Volume Issue View more Download
TALABALARDA JISMONIY TAYYORGARLIKNI OSHIRISHDA INNOVATSION METODLARNING SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda innovatsion metodlarning samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol mashg‘ulot usullari hamda raqamli vositalarning jismoniy tarbiya jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida innovatsion metodlardan foydalanish talabalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish, mashg‘ulotlarga qiziqishini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.


15.05.2026 Volume Issue View more Download
IJTIMOIY TARMOQLARDAGI XAVFLI YOZISHMALARNI AVTOMATIK ANIQLASH: K-MEANS KLASTERLASH VA 0.7 THRESHOLD ASOSIDAGI EKSPERIMENTAL TAHLIL

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar tomonidan yoziladigan qisqa matnlar xavfliligini aniqlash jarayoni K-Means algoritmi va yuqori chegaraviy qiymat — x ≥ 0.7 asosida baholash orqali o‘rganiladi. Tadqiqot doirasida 1000, 5000, 10 000 va 20 000 ta yozishmadan iborat to‘rt xil datasetda eksperimentlar o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yuqori threshold qo‘llanganda xavfli deb belgilangan xabarlar soni ancha kamayadi, biroq aniqlik sezilarli ravishda oshadi. Ayniqsa, yirik datasetlarda model xavfsiz va xavfli kontentni ancha to‘g‘ri ajratadi. Maqola ijtimoiy tarmoqlarda xavfli ma’lumotlarni erta aniqlash tizimlarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.


15.05.2026 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor