Bul maqalada óspirimlik dáwirindegi shaxstıń jeke qáweterleniw mashqalası psixologiyalıq tárepten talqılanadı. Óspirimlerdegi qáweterleniw dárejesiniń artıp ketiwine tásir etiwshi ishki hám sırtqı faktorlar, sonday-aq, bul jaǵdaydıń oqıw processedine hám basqalar menen bolǵan qatnaslarına tásiri úyrenilgen. Maqalada qáweterleniwdiń aldın alıw hám onı korreksiyalaw boyınsha usınıslar berilgen.
Ushbu maqolada William Shakespearening “Hamlet” tragediyasining badiiy-falsafiy mazmuni, asardagi inson ruhiyati talqini hamda adolat va haqiqat izlanishi masalalari tahlil qilinadi. Tragediyada Daniya shahzodasi Hamlet obrazining ichki kechinmalari, uning burch va vijdon o‘rtasidagi ruhiy kurashi, qasos motivining falsafiy mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, saroy muhitidagi axloqiy inqiroz, xiyonat va sadoqat qarama-qarshiligi, hokimiyat uchun kurashning fojeali oqibatlari badiiy jihatdan yoritiladi. Maqolada asarning dramatik konflikti, qahramonlar xarakteri hamda tragediyaning jahon adabiyotidagi o‘rni ilmiy-nazariy asosda baholanadi.
Mаqоlаdа M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk”asarida bаrqаrоr birikmаlаrning qo‘llаnilishi hаqidа fikr bildirilgаn. Shuningdеk, ibоrа, mаqоl vа hikmаtli so‘zlаrning lеksik yoki grаmmаtik jihаtdаn farqlanishi, tаsviriy mа’nоgа vа emоtsiоnаl bo‘yoqqа egа bo‘lgаn bаrqаrоr birikmаlаrdаn fоydаlаngаnligi, аyrim ibоrа vа mаqоllаr uslubiy bo‘yoqdоrligining kuchаytirilgаni kаbi mаsаlаlаr tаdqiq etilgаn.
Mazkur ilmiy maqolada asosiy yuqumsiz kasalliklar xavfi ustidan skrining nazorat tizimining epidemiologik samaradorligi o‘rganildi. Tadqiqot davomida arterial gipertenziya, qandli diabet, semizlik va boshqa metabolik buzilishlarning asosiy xavf omillari aholining turli yosh va ijtimoiy guruhlari orasida tarqalish darajasi tahlil qilindi. Skrining qamrovi, profilaktik monitoring sifati hamda xavf guruhlarini erta aniqlash samaradorligi epidemiologik jihatdan baholandi. Tadqiqot natijalari noto‘g‘ri ovqatlanish, gipodinamiya, semizlik va arterial gipertenziya asosiy modifikatsiyalanadigan xavf omillari ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, skrining tizimida hududlararo tafovutlar, raqamlashtirilgan monitoringning yetarli rivojlanmaganligi va individual risk baholash mexanizmlarining cheklanganligi aniqlandi. Epidemiologik tahlillar asosida integratsiyalashgan skrining modeli, elektron monitoring tizimi, individual risk stratifikatsiyasi va profilaktik tibbiyot yondashuvlarini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Taklif etilgan yondashuvlar asosiy yuqumsiz kasalliklarni erta aniqlash samaradorligini oshirish, epidemiologik nazoratni takomillashtirish hamda aholining hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Mazkur maqolada detektiv va hajviy hikoyalar janrining badiiy xususiyatlari, ularning adabiyotdagi o‘rni hamda o‘quvchiga ta’sir etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Detektiv hikoyalarda syujetning murakkabligi, sir va jumboqlarga boyligi, voqealarning izchil rivoji asosiy omil sifatida ko‘rilsa, hajviy hikoyalarda kulgi vositasida ijtimoiy muammolarni ochib berish, inson xarakteridagi kamchiliklarni tanqid qilish muhim ahamiyat kasb etadi.