Ushbu maqolada tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligini baholashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan foyda va rentabellik ko'rsatkichlarini tahlil qilish metodologiyasi va amaliyoti o'rganilgan. Tadqiqotda rentabellikning asosiy ko'rsatkichlari, jumladan aktivlar rentabelligi (ROA), kapital rentabelligi (ROE), sof foiz marjasi (NIM) va xarajatlar koeffitsienti kabi indikatorlar o'rganilgan. Tahlil natijalariga ko'ra, bank rentabelligiga ta'sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan va samaradorlikni oshirish yo'nalishlari taklif etilgan.
Mazkur ishda bezorilikka moyil va oʻzlashtirishi sust oʻquvchilar bilan ishlashning psixologik-pedagogik jihatlari yoritilgan. Tatqiqotda bunday oʻquvchilarning xulq-atvori, oʻzlashtirish darajasining past boʻlish sabablari va ularning jamoadagi ijtimoiy moslashuvi muammolari tahlil qilinadi. Shuningdek, ularni ijobiy yoʻnaltirish, darsga qiziqishini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish hamda individual yondashuv asosida taʼlim-tarbiya jarayoniga faol jalb etish boʻyicha samarali usullar koʻrib chiqiladi. Ushbu mavzu boʻyicha olib borilgan ishlar maktab psixologi, sinf rahbari va ota-onalar hamkorligini talab etadi. Ish natijalari bezorilik holatlarini kamaytirish va oʻzlashtirish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu maqolada kabel tonnellarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari yoritilgan. Yong‘in xavfini kamaytirish, yong‘inni erta aniqlash, yong‘indan himoyalanish tizimlari va zamonaviy profilaktika usullari haqida so‘z yuritiladi. Maqolada yong‘inga qarshi kurashning texnik va tashkiliy choralariga e’tibor qaratilgan hamda ilg‘or xalqaro tajribalar misol tariqasida keltirilgan.
Maqolada tibbiy tashxis qilish jarayonida qo‘llaniladigan ko‘p sinfli klassifikatsiya masalalarini yechish uchun ansamblli o‘rganish yondashuvlaridan foydalanish masalasi qaralgan. Stacking, Random Forest va LightGBM ansambl usullaridan foydalanib o‘quv tanlanmalaridagi klassifikatsiya aniqligini hisoblash kabi ishlar natija sifatida olingan.