KUTUBXONA FAOLIYATINING SIFATINI ORTTIRISHDA ZARURIY CHORA TADBIRLAR

Kitobxonlarga xizmat koʻrsatish kutubxonaning asosiy faoliyati boʻlib, quyidagilarni kiritish mumkin Kitob fondini yig‘ish(qog‘oz holati yoki elektron holatda), Kitob fondini tashkil etish, fond mazmunini yoritish, kitoblarni kitobxonlarga yetkazish, kitobxonlarga kitob o‘qishi uchun sharoitlar yaratish kabi asosiy funksiyalar yoritilgan. Kutubxonalarning kitobxonlarga xizmat koʻrsatishning asosiy vazifasi quyidagicha belgilangan bo‘lib, bular xushmuomala bo‘lish, kitoblar bazasini kengaytirish, kitobxonga o‘qishi uchun qulay sharoit yaratish, bor kitoblarni topib berish;


24.04.2025 Volume Issue View more Download
KUTUBXONASHUNOSLIK KASBIY FAOLIYATIGA TALABALARNI TAYYORLASH

Kutubxonashunoslik fan sifatida shakllangani, bakalavr talabalar bilishi kerak amaliy va tajriba mashg‘ulotlari orqali malakalarida maqsadi, vazifasi, tamoyillari, qonuniyatlari, metodologiyasini, metodlarini, kutubxonalar tipologiyasini va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi yoritib berildi. Tarmoqlarga ajratish kutubxonaning sifatli ishlashini, tizimlarga ajratish kitobxonlarda xizmat yaxshilanishini ta’minlab berishiga ko‘rsatmalar berildi.


24.04.2025 Volume Issue View more Download
FOLKLOR ATAMASI HÁM FOLKLOR TERMININIŃ PÁNGE KIRITILIW TARIYXÍ

Bul maqalada folkor sóziniń qollanılıwı hám folklore termininiń pánge kiritiliwi, folklore atamasınıń tariyxı hámde onı ilimge alıp kirgen birinshi alım arxeologi haqqında sóz etiledi.


24.04.2025 Volume Issue View more Download
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TEMIR YOʻL TRANSPORTI INFRATUZULMASINI MODERNIZATSIYALASHNI BOSHQARISH

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiyalash jarayonini samarali boshqarish masalalari chuqur tahlil qilingan. Respublikada transport-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar kontekstida temir yo‘l infratuzilmasining ahamiyati, u orqali iqtisodiy o‘sish, hududlararo integratsiya, eksport-import salohiyatini kengaytirish va logistika tizimini takomillashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada temir yo‘l tizimidagi mavjud infratuzilmaning holati, eskirgan texnika va texnologiyalar, tashish jarayonlaridagi logistik to‘siqlar, hamda moliyalashtirish mexanizmlaridagi muammolar tahlil etilgan. Shuningdek, zamonaviy boshqaruv texnologiyalarini joriy qilish, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarini kengaytirish, raqamli transformatsiya va xorijiy ilg‘or tajribalarni milliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Muallif tomonidan, temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiyalash bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni faollashtirish, logistika markazlarini tashkil etish va tranzit imkoniyatlarini kengaytirish kabi strategik yo‘nalishlar asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Bunda har bir taklifning iqtisodiy samaradorligi, investitsiyaviy jozibadorligi va uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy natijalari asoslab berilgan.


18.04.2025 Volume Issue View more Download
MIRTEMIR QALAMIGA MANSUB "TOSHBU" SHE'RINING LIROEPIK JANRI

Mirtemir qalamiga mansub "Toshbu"she'ri serqirra ijodkor Mirtemir haqida gap borar ekan, u faqat lirik sheʼrlar bilan cheklanibgina qolmay goʻzal dostonlar, dramatik va nasriy asarlar yaratgan. She'r Toshbibi (ya'ni she'rda Toshbu) ismli ayolga bagʻishlab bitilgan boʻlib, uning yoriga sadoqati, ahdiga vafosi, tugamas bardoshi va metin irodasini tarannum etish orqali butun oʻzbek ayollarining urush davrida koʻrsatgan matonatini tasvirlaydi.


18.04.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor