YOSHLAR ONGIDA VIRTUAL "MEN" OBRAZINING SHAKLLANISHI

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ruhiyatiga ko‘rsatadigan ta’siri psixologik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Yoshlar ongida virtual "men" obrazining shakllanishi, ijtimoiy taqqoslash, tashqi baholarga qaramlik holatlari, emotsional beqarorlik, kiberzo‘ravonlik, internetga qaramlik kabi salbiy omillar yoritilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy jihatlari — axborot olish, o‘z fikrini erkin bildirish, psixologik qo‘llab-quvvatlash va ta’limiy kontentlarga kirish imkoniyati ham ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada yoshlarning raqamli madaniyatini oshirish, media savodxonligini shakllantirish va psixologik profilaktika tadbirlarining zarurligi asoslab berilgan. Mavzuga oid xalqaro tadqiqotlar, statistik ma’lumotlar hamda milliy qonunchilik hujjatlariga tayanilgan holda tavsiyalar berilgan.


28.06.2025 Volume Issue View more Download
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA TOSHKENT SHAHRI AHOLISI TARKIBIDAGI OʻZGARISHLAR

Mazkur mavzuda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Toshkent shahrining demografik holati, aholining milliy, ijtimoiy va kasbiy tarkibidagi oʻzgarishlar tahlil qilinadi. Rossiya imperiyasi tomonidan Toshkentning bosib olinishi va bu davrda olib borilgan siyosiy, iqtisodiy islohotlar shaharning aholisi soni va tarkibida sezilarli oʻzgarishlarga olib kelgan. Ayniqsa, rus aholisi ulushining ortishi, yangi mahallalar va sanoat tumanlarining vujudga kelishi, migratsiya jarayonlari natijasida aholi tarkibining xilma-xillashuvi kabi omillar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu oʻzgarishlarning shaharning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta’siri ham yoritiladi.


26.06.2025 Volume Issue View more Download
PUNKTUATSIYA TIZIMI VA UNING ZAMONAVIY TIL TA'LIMIDAGI O'RNI

Ushbu maqola punktuatsiya tushunchasini va uning til ta'limidagi o'rnini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot adabiyotlar tahlili asosida olib borilgan bo'lib, punktuatsiyaning tilshunoslikdagi nazariy asoslari, ta'limdagi pedagogik yondashuvlar va zamonaviy o'qitish metodlari tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, punktuatsiya nafaqat yozma nutqni tashkil etuvchi texnik vosita, balki ma'no yaratish va kommunikativ samaradorlikni ta'minlovchi muhim til elementi hisoblanadi. Ta'lim jarayonida punktuatsiyani o'qitishning samarali metodlari ishlab chiqish uchun uning linguistik va pragmatik funksiyalarini chuqur anglash zarur.


25.06.2025 Volume Issue View more Download
MODERN METHODS OF TEACHING PRESCHOOL CHILDREN TO COMMUNICATE

This article discusses the specific features of children's communication with adults and peers, the specific features of communication of older preschool children with peers, and the characteristics of a child's communication.


25.06.2025 Volume Issue View more Download
MODELING EVACUATION PROCESSES IN URBAN ENVIRONMENTS: ANALYSIS AND INNOVATIVE APPROACHES

This article discusses modeling evacuation processes in urban environments: analysis and innovative approaches.


25.06.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor