“KALILA VA DIMNA” QO‘LYOZMALARI TURKIYCHA VARIANTLARINING MAZMUNIY QURILISHI

Ushbu maqolada hind xalqi og‘zaki va yozma adabiyoti javohirlaridan biri bo‘lmish “Kalila va Dimna” turkiy qo‘lyozmalarining o‘ziga xos bo‘lgan jihatlari va uning mazmuniy qurilishi tаdqiq etilgаn.


12.06.2025 Volume Issue View more Download
TA’LIM MUASSALARINI BOSHQARISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Mazkur maqolada ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy jihatlari yoritilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimida raqobatbardoshlikni ta’minlash, samaradorlikni oshirish va strategik maqsadlarga erishishda zamonaviy texnologiyalar muhim vosita sifatida qaralmoqda. Maqolada boshqaruv faoliyatiga raqamli platformalar, sun’iy intellekt asosidagi tizimlar, elektron hujjat aylanishi, masofaviy monitoring va tahlil dasturlarini joriy etishning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy tajribalar asosida milliy sharoitga mos innovatsion boshqaruv modellarini yaratish imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot asosida innovatsion texnologiyalarni ta’lim menejmentiga integratsiya qilish orqali samarali, shaffof va tezkor boshqaruv tizimini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.


12.06.2025 Volume Issue View more Download
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANINI O‘QITISHDA IJTIMOIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI

Mazkur maqolada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyani shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Maqolada ijtimoiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyatini sharhlab, uni tarixiy ong, fuqarolik pozitsiyasi va madaniy merosga munosabat orqali shakllantirish usullarini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, dars jarayonlarida interaktiv metodlardan foydalanish, tarixiy voqealarga tanqidiy yondashuvni rivojlantirish va zamonaviy o‘quv materiallaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.


12.06.2025 Volume Issue View more Download
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ALOHIDA TA’LIMGA EHTIYOJI BOR BOLALAR UCHUN TA’LIMDAGI ROLI

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar ta’limida tutgan o‘rni yoritilgan. Maxsus ehtiyojli bolalarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning individuallashtirilgan o‘quv ehtiyojlarini qondirishda raqamli vositalarning imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, inkluziv ta’limni qo‘llab-quvvatlovchi interaktiv platformalar, mobil ilovalar va sun’iy intellekt asosidagi yondashuvlar haqida fikr yuritilgan.


12.06.2025 Volume Issue View more Download
INSON HUQUQLARIGA QARSHI YANGI AVLOD RAQAMLI JINOYATLARI: HUQUQIY TAHLIL VA MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan yangi avlod raqamli jinoyatlari va ularning inson huquqlariga salbiy ta’siri tahlil qilinadi. Ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda kuzatilayotgan kiberzo’ravonlik, sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanish, deepfake texnologiyalari orqali sha’ni va qadr-qimmatga tajovuz, onlayn zo‘ravonlik (cyberbullying), va raqamli kuzatuv orqali shaxsiy hayot daxlsizligiga tajovuz holatlari alohida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida mavjud bo‘shliqlar tahlil qilinib, yangi turdagi raqamli jinoyatlarga qarshi huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarurati asoslab beriladi.


12.06.2025 Volume Issue View more Download
Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor